Texnikumda tashkil etilgan davlat xizmatlari koʻrsatish oʻquv-amaliyot xonasining tantanali ochilishi bo’lib o’tdi

Adliya vaziri oʻrinbosari X. Meliyev Fargʻonaga xizmat safarini Fargʻona yuridik texnikumida tashkil etilgan davlat xizmatlari koʻrsatish oʻquv-amaliyot xonasining tantanali ochilishidan boshladi. Gap shundaki, Fargʻona viloyati yuridik texnikumida yangi oʻquv yilidan “Davlat xizmatlari” fanining oʻqitilishi yoʻlga qoʻyiladi.

Adliya vaziri oʻrinbosari X. Meliyev tashrif davomida texnikumdagi davlat xizmatlari koʻrsatish oʻquv-amaliyot xonasida yaratilgan sharoitlar va jihozlanishi, talabalarni amaliyot bilan birga oʻqitish usullari bilan qiziqdi. Yaratilgan sharoitlar yuzasidan kerakli va zarur tavsiyalarni berdi.


Ulashing: