Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilda Farg‘ona viloyati yuridik texnikumining 207 nafar bitiruvchi-o‘quvchilariga texnikumni tamomlaganligi bo‘yicha davlat namunasidagi diplomlar topshirildi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Bo‘riyev ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarga yuridik sohada eng malakali kadrlar sifatida doimo vatan oldida xizmatga tayyor bo‘lishni, huquqiy demokratik davlat qurishda o‘zlarining hissasini qo‘shishini, yuksak natijalar, muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lishini tiladi.

Tadbirda sud va huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari, ustozlar va o‘quvchilarning ota-onalari ham ishtirok etdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: