Favqulodda vaziyatlarda, xususan, zilzilada to‘g‘ri harakatlanish qoidalari mavzusi”dagi seminar tashkil etildi

Seminarda Farg‘ona shahar FVB inspektori, katta leytenanti S.Аbbosov, HFX o‘quv markazi boshlig‘i, podpolkovnik А.Yunusov, markaz katta o‘qituvchisi O.Аtajanovalar tashrif buyurib o’quvchi-yoshlarga favqulotda vaziyat sodir bo’lishini oldini olish, vaziyat sodir bo’lganda qanday xarakatlarni amalga oshirish kerakligi to’g’risida ma’lumotlar berib o’tdi.
Seminar ishtirokchilari tomonidan , tabiiy xodisalar ichida eng daxshatlisi, tabiatga, jamiyatga va ekologik vaziyatga ko’p zarar yetkazuvchi katta hududlarda sodir bo’ladigani zilziladir. Har yili yer yuzida turli kuchga ega bo’lgan yuz mingdan ortik yer silkinishlari qayd etilishi, agar kuchli zilzila ro’y berayotgan bo’lsa o’zimizni qanday tutsak to’ g’ri bo’ladi, birinchi navbatda nima qilish kerakligi to’g’risida tushunchalar berib o’tildi.

Shuningdek, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga shaylik va o’ziga bo’lgan ishonchini tarbiyalash, xodimlar va o’quvchilarning sodir bo’lishi ehtimoli bo’lgan barcha favqullodda vaziyatlarda muhofazalanish malakasiga ega bo’lishiga erishish, jabrlanuvchilarga ko’maklashishga, yordam berishga doimiy shaylik, insonparvarllkni shakllantirish kabi vazifalarni ham o’rgatlb o’tildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: