“Adliyaga yoshlarga ko‘makdosh” kulubi volontiyorlari maktab internatiga tashrif buyurdilar.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida dunyo boʻylab nishonlanadi.

Ushbu kun munosabati bilan texnikumning “Adliyaga yoshlarga ko‘makdosh” kulubi volontiyorlari Imkoniyati cheklangan yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularga e’tibor ko’rsatish, rag’batlantirish maqsadida Marg’ilon shahar 22- sonli maxsus maktab internatiga tashrif buyurdilar.

Volontiyorlar tomonidan maktab o’quvchlari uchun ko‘ngil ochar ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etilib, tadbir so‘ngida imkoniyatlari cheklangan o‘quvchilarga sovgʻalar ulashildi.


Ulashing: