Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo’yicha oʻquv seminari oʻtkazildi

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida kuz-qish mavsumida oʻquvchilar oʻrtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda oʻquvchilarning bu boradagi savodxonligini oshirish maqsadida mehnat muhofazasi boʻyicha mutaxassis M.Abdullayeva tomonidan oʻquv seminari oʻtkazildi.

Seminar davomida oʻquvchilar Is gazidan zaharlanishning umumiy belgilari, qanday holatlarda is gazidan zaharlanish xavfi yuqori boʻlishi, tabiiy gazdan foydalanish qoidalari, gazdan zaharlanganda birinchi yordam qanday koʻrsatilishi haqida maʼlumotga ega boʻldilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: