Texnikumning «Sud zali» amaliyot xonasida Fuqarolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudining sayyor sudi bo’lib o’tdi

⚖️ Farg’ona viloyati yuridik texnikumi «Sud zali» amaliyot xonasida Fuqarolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudi raisining o’rinbosari, sud`ya I.Qo’ziboev tomonidan bir nechta fuqarolik ishlari sayyor sud majlisida ko’rib chiqildi.
📌 Banklardan olingan kreditlarni o’z vaqtida so’ndirmaganlik, qarz shartnomasi shartlarini bajarmaslik holatlari, shuningdek turli mulkiy nizolar, nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalari bo’yicha fuqarolik ishlarini ko’rib chiqish jarayonida o’quvchilarning bevosita ishtiroki
ularning nazariy bilimlarini yanada mustahkamlaydi.
📌 Sayyor sud jarayonlari so’nggida sud`ya I.Qo’ziboev tomonidan o’quvchilarga fuqarolik, oila va mehnat qonunchiligi bo’yicha ko’rib chiqilayotgan fuqarolik ishlari yuzasidan tushunchalar berildi.

Ulashing: