Texnikumda ochiq eshiklar kuni!

⚖️ Farg’ona viloyati yuridik texnikumiga Farg’ona shahridagi 4-son umumta’lim maktabi 11-sinf bitiruvchilari tashrif buyurib, texnikumda yaratilgan shart-sharoitlar hamda texnikumga qabul qilish tartibi bilan atroflicha tanishish imkoniyatiga ega bo’lishdi.
✅ Xususan, davlat huquqiy faoliyat, yuridik xizmat va sud huquqiy faoliyat kabi yo’nalishlar o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otdi.
✅ Darhaqiqat, texnikumda o’quvchilarning zarur bilim olishlari uchun o’quv va moddiy-texnik baza yaratilgan. Ayni chog’da innovatsion xona, sud zali, axborot resurs markazi, konferentsiya zali, zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimi bilan jihozlangan faollar zallari samarali faoliyat ko’rsatmoqda.
✅ “Ochiq eshiklar kuni” texnikum hamda umumta’lim maktablari o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
✅ Tadbirda o’quvchilarga texnikum faoliyati bo’yicha bukletlar taqdim etildi.

Ulashing: