Texnikumda «Har kuning bo’lsin, Navro’z» deb nomlangan tadbir bo’lib o’tdi.

⚖️ Farg’ona viloyati yuridik texnikumida xalqimiz asrlar davomida katta shodu xurramlik bilan nishonlab kelayotgan Navro’zi olamni munosib tarzda o’tkazish maqsadida «Har kuning bo’lsin, Navro’z!» deb nomlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
🌺🌸🌷 Navro’z yangilanish va yangi umidlarning tug’ilishi bilan ham bog’liq. Shu kuni hatto yomonliklar, adovat va xatolar ham kechirilgan, muhtoj odamlarga yordam ko’rsatilgan. Xalkimiz yangilanish fasli Navro’z hammaga – yaxshi kayfiyat, xonadonlarimizga baxt-omad keltirishiga ishonadi.
🌺🌸🌹Texnikumda baraka ramzi bo’lgan sumalak pishirildi. Barcha guruhlar bayram dasturxonini bezadilar.
💐🌷🌼 An’anaga aylangan «Eng mazali osh» musobaqasi o’tkazildi. Oshpaz o’quvchilarimiz tomonidan chiroyli bezatilgan mazali palovxonto’ralar pishirildi va baho berish uchun ustozlariga taqdim etildi.
🥁🎹 O’tkazilgan bayram tantanasi barchaga xush kayfiyat ulashdi va olam-olam taassurot qoldirdi.

Ulashing: