Texnikumda davra suhbati bo’lib o’tdi

⚖️ Farg’ona viloyati yuridik texnikumi ustozlari, ikkinchi bosqich bitiruvchilari hamda Farg’ona shahar bosh imom xatibi Jo’rabek Raxmonov va Marg’ilon shahar «Mo’yi Muborak» jome’ masjidi imom xatibi Shukurullo Egamberdievlar bilan «Yoshlar va din» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
✅ Davra suhbati davomida imom xatiblar ayrim yoshlarni o’zimizning boy ma’naviyatimiz, madaniyatimiz, muqaddas dinimiz bo’la turib, birovlarga taqlid qilishayotganliklari, bu jarayonda yoshlarning ongu shuuriga muqaddas dinimizning sof aqidalarini singdira olmayotganimiz, farzand tarbiyasidagi nuqsonlar, yoshlarning kiyinish, yurish-turish madaniyati, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish odobi, kattalarga bo’lgan munosabat, vatanparvarlik, qonun ustivorligi, shunday kunlarimizga shukronalik hissi va go’zal tarbiya haqida fikr yuritdilar.
✅ Suxbat sunggida o’quvchilar o’zlarining fikr-mulohazalrini bildirib, qiziqtirgan savollariga tegishlicha javoblar olishdi.

Ulashing: