Texnikumga yangi direktor tayinlandi

⚖️ Bugun 7 aprel` kuni yuridik texnikumga Farg’ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig’i B.Xasanov tashrif buyurdi. Tashrifdan maqsad, yuridik texnikum direktorining o’quv ishlari bo’yicha birinchi o’rinbosari lavozimida ishlab kelgan Toshmatova Maxbuba Yursunovnani Farg’ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari – yuridik texnikum direktori lavozimiga tayinlash haqidagi O’zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021 yil 6 apreldagi 238 -sht-son buyrug’i bilan mehnat jamoasi va texnikum o’quvchilarga tanishtirdi.
✅ M.Toshmatova 1973 yilda Farg’ona viloyati, Oltiariq tumanida tug’ilgan. Ma’lumoti oliy, 1996 yilda Farg’ona davlat universiteti tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
✅ U mehnat faoliyatini 1997 yilda Farg’ona shahar Respublika huquq litseyi huquq asoslari fani o’qituvchisi lavozimidan boshlagan.
✅ 1997-2007 yillar mobaynida Farg’ona shahar Respublika huquq litseyida turli mas’ul lavozimlarda, 2007-2008 yillarda Farg’ona shahar huquqshunoslik kolleji direktorining kasbiy
ta’lim buyicha direktor o’rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
✅ M.Toshmatova 2020 yildan shu kunga qadar Farg’ona viloyati yuridik texnikumi direktorining o’quv ishlari bo’yicha birinchi o’rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ulashing: