Texnikumda «Yosh yuristlar-kelajak bunyodkori» mavzusida konferentsiya o’tkazildi

⚖️ Farg’ona viloyati yuridik texnikumida O’zbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan 2021 yil 29 yanvarda tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirining Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari bilan o’tkazilgan uchrashuvida talabalar tomonidan bildirilgan takliflarni amalga oshirish bo’yicha yo’l xaritasi»ning 5-bandi ijrosini ta’minlash hamda bo’lajak yuristlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini doimiy ravishda yuksaltirib borish maqsadida «Yosh yuristlar-kelajak bunyodkori» mavzusida konferentsiya o’tkazildi.
✅ Konferentsiyada viloyat sudining jinoyat ishlari bo’yicha sud`yasi A.Inamov, viloyat sudining fuqarolik ishlari bo’yicha sud`yasi F.Xatamqulov , viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo’yicha sud`yasi S.Rustamov, O’zbekiston Respublikasi Notarial palatasi Farg’ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig’i U.Sapaev, notarius A.Axmedov hamda Farg’ona viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi katta tergovchisi J.Mirzatillaevlar ishtirok etishdi.
✅ Konferentsiyada ishtirokchilar o’zlarining ma’ruzalari bilan yosh yuristlarga sud-huquq tizimidagi yangiliklar, qabul qilinayotgan qonunlar haqida tushunchalar berishdi.                                                                                                           ✅ Konferentsiya qizg’in baxs-munozaraga boy bo’ldi va o’quvchilar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Ulashing: