«Street Law» loyihasi doirasida joylarda targ‘ibotlar o‘tkazildi (foto)

Viloyat yuridik texnikumi volontyorlar guruhi tomonidan aholining huquqiy bilimlarini interaktiv usullar orqali yanada oshirish maqsadida «Street Law» loyihasi amalga oshirildi. Shuningdek, loyiha doirasida «21 oktyabr- O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun» munosabati bilan «Ona tili-davlat tili, ona tilim-millat ruhi va g‘ururi» mavzusida targ‘ibot o‘tkazildi.

Tashviqot ishlari davomida aholiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» gi 592-sonli qarori ham tushuntirildi.

Ulashing: