«Har bir buyuk shaxsning ortida AYOL turadi» mavzusida davra suhbati o’tkazildi

⚖️ Farg’ona viloyati yuridik texnikumi ayol ustozlari, birinchi va ikkinchi bosqich o’quvchi qizlari Farg’ona Davlat Universiteti «Fuqarolik jamiyati» kafedrasi mudiri “Dinshunoslik” fani o’qituvchisi Boybuvaeva Oydinoy xojiona bilan «Ayol-islom nigohida» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

✅ Uchrashuv davomida oila hamda jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko’rki bo’lgan xotin-qizlar haqida mavzu borar ekan, islom dinida ayolning sha’ni, qadr-qimmati yuksak darajalarga ko’tarilgan. Hayotda turmush yumushlarining ko’p qismi ayollar zimmasiga yuklatilgan. Shunday ekan ayol hayotda ham jismonan, ham ma’nan sog’lom bo’lsa jamiyat sog’lom bo’ladi. Kelajak avlodning barkamol bo’lishi ayollarning har jihatdan yetuk bo’lishiga bog’liqdir.

✅ Bundan tashqari qizlarimizning kiyinish madaniyati, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish odobi, kattalarga bo’lgan munosabat, vatanparvarlik va sog’lom turmush tarzini kechirish bo’yicha fikr yuritdilar. Suhbat so’ngida o’quvchilar o’zlarining fikr-mulohazalarini bildirib, qiziqtirgan savollariga tegishlicha javob oldilar.

Ulashing: