⚖️ Farg’ona viloyati yuridik texnikum «Ommaviy-huquqiy fanlar kafedrasi» o’qituvchisi Sh.Jiyanova «Huquqiy ko’nikma va metodologiyai» modulidan texnikumning «Davlat xizmatlari bo’yicha yurist» yo’nalishi 10-19 guruhida «yuridik maslahat va muzokaralarni muvoffaqiyatli olib borish» mavzusida ochiq dars mashg’ulotini o’tkazdi. 📖 «Ochiq dars ma’naviy daqiqa bilan boshlanib, unda o’zbek sheriyatida o’chmas iz qoldirgan xalq shoiri Muhammad Yusuf yodga olinib, uning qalamiga mansub sherlar o’quvchilar tomonidan o’qildi
📌 Ochiq darsda yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanilib, kichik guruhlarda bo’lingan holda faol ishtirok asosida o’tkazildi.
📌 Yangi mavzu munozara, savol-javob, krossvord bosh qotirmalarini echish bilan yanada qiziqarli o’tdi. Bu esa o’quvchilarni sohaga oid terminlarni o’zlashtirishiga, erkin fikrlashiga undashi bilan yaxshi samara beradi.
📌 Dars yakunida o’tilgan mashg’ulotning yutuq va kamchiliklari haqida nazoratchilar o’z fikr mulohazalarini bildirdilar.