Navbatdagi “Kitobxonlik soatlari» tashkil etildi

⚖️ Kitob inson hayotiga nur bagʻishlab turuvchi sehrli mashʼaladir. Kitob – oftob. Zaminni, ona tabiatni oftob isitsa, odam qalbini kitob ilitadi, nafaqat ilitadi, balki yoritadi, nurlantiradi. Kitobga eng qisqa taʼrif berish joiz boʻlsa, uni maʼnaviyat quyoshi deb taʼriflash oʻrinlidir.

📚 Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan 2021 yil 3 fevralda tasdiqlangan “Adliya organlari va muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha 2021 yil I va II choraklarga (I yarim yillikkka) moʻljallangan yoʻl xaritasi”ning 11 va 12–bandi ijrosini taʼminlash yuzasidan texnikumda joriy yilning 29 aprel kuni texnikumning Axborot resurs markazi tomonidan pedagog xodimlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish maqsadida, “Kitobxonlik soatlari» tashkil etilgan bo’lib, bugungi kitobxonlik soati mavzisi “Kitob-maʼnaviyatimiz xazinasi” deb nomlanib, oʻqituvchilarga kitob haqida qiziqarli viktorina savollari berildi.

✅ Savollarga tezkor javoblar olindi.

Ulashing: