⚖️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 apreldagi «Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik qoʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF 5081-sonli hamda Fargʻona viloyati hokimining 2021 yil 26 apreldagi 161-sonli qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 22 apreldagi 186-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 5 may kuni Farg’ona viloyati tarixi va madaniyati muzeyida 9-may»Xotira va Qadrlash kuni»ga bagʻishlab «Xotira bor ekan-millat barhayot» deb nomlangan madaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
📌 Ushbu tadbir Fargʻona viloyati Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilib, unda dramma teatri dramaturgi S.Odilov, muzeyning sobiq direktori marhum A.Xasanovning turmush oʻrtogʻi R. Toshmatova, adliya boshqarmasi fahriylari G.Ibragimova, G. Joʻrayevalar hamda texnikum oʻquvchilari ishtirok etdilar.
📌 Bundan tashqari viloyat dramma teatri aktyorlari tomonidan Said Axmad qalamiga mansub «Ufq» romanidan parcha tadbir ishtirokchilarida katta taʼsurot uygʻotdi.