Texnikumda Diniy erkinliklarni yanada kengaytiruvchi Qonun mazmun-mohiyati yuzasidan tadbir oʻtkazildi

✅ Joriy yilning 17 iyul kuni texnikumda Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan yangi tahrirda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini yetkazish yuzasidan seminar oʻtkazildi.
📌 Tadbirda viloyat hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Fargʻona viloyat boshqarmasi va uning tuman (shahar)lardagi mutaxassislari, Musulmonlar idorasi vakillari, diniy tashkilotlar imom-xatiblari va rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
📌 Tadbir avvalida yangi tahrirda qabul qilingan Qonun bilan har bir insonning vijdon erkinligini taʼminlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganligi, huquqni qoʻllash amaliyotiga aniqliklar kiritishga alohida eʼtibor qaratilganligi taʼkidlanib, Qonunga kiritilgan yangiliklarning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
📌 Seminarda asosiy eʼtibor mazkur Qonun diniy bagʻrikenglik va konfessiyalararo hamjihatlikni mustahkamlashga, dinning asl mohiyatini anglashga, buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi immunitet hosil qilishga, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga munosib hissa qoʻshishiga qaratildi.
📌 Tadbirda diniy tashkilotlar imom-xatiblari va rahbarlari mazkur sohada oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Yakunda tadbir ishtirokchilariga Qonunga kiritilgan yangiliklar aks ettirilgan flayer va bukletlar tarqatildi.

Ulashing: