⚖️ Bugun Fargʻona viloyati maʼmuriy sudi sudyalari U.Axmedov va I.Matmusayev hamda Fargʻona tumanlararo maʼmuriy sudi raisi S.Qurbonov ishtorikida «Sudya va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi.

✅ Uchrashuv davomida oʻquvchilarga «Sudlar toʻgʻrisida»gi Qonunning mazmun mohiyati, kiritilgan oʻzgartishlar va yangiliklar haqida maʼlumot berib oʻtildi.

🔰Bundan tashqari muhim siyosiy jarayon- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov boʻyicha alohida toʻhtalib, saylov qonunchiligiga kiritilgan o’zgartishlar, Saylov kodeksiga asosan saylov jarayonlarida qonunbuzilish xolatlari aniqlanganda maʼmuriy hamda jinoiy javobgarliklar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Ulashing: