«Saylov -2021, Mening ilk ovozim» shiori ostida oʻtkazilgan targʻibot

⚖️ Fargʻona viloyati yuridik texnikumi direktori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga bagʻishlangan «Saylov -2021, Mening ilk ovozim» shiori ostida oʻtkaziladigan targʻibot tadbirlari rejasining 6-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida maxsus fan oʻqituvchisi O.Usmonova rahbarligidagi «Adliya qanotlari» targʻibot guruhiga Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi yetakchi mutaxassisi E.Qalandarov tomonidan seminar-trening mashgʻuloti tashkil etildi.

📚 Mashgʻulotda saylov qonunchiligidagi oʻzgarishlar va aholini eng koʻp qiziqtiradigan savollar boʻyicha batafsil maʼlumot berib oʻtildi va saylovga bagʻishlab tayyorlangan tarqatma materiallarning mazmun mohiyati tushuntirildi.

⚖️ Tadbirdan soʻng «Adliya qanotlari» targʻibot guruhi aʼzolari «Al-Fargʻoniy» nomidagi istirohat bogʻiga tashrif buyurib, maxsus flayerlarni tarqatdilar va saylovda ilk bor ovoz beradigan yoshlar bilan fikr almashdilar.

Ulashing: