«Savob ishlar sirasiga yaxshi va ezgu ishlar, yaʼni jamiyatga foydasi tegadigan amallar kiradi».

📌 Muxtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini taʼminlash hamda oʻquvchi-yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida texnikumda 10 dan ziyod turli yoʻnalishdagi klublar, targʻibot va volontyorlik guruhlari faoliyat yuritib kelmoqda.

🤝Bugun yoshlar boʻlimi boshchiligida «Mehr ulashib» volontyorlik guruhi yetakchilari Foziljonov Sarvarbek va Toʻhtamatova Shoxsanam hamda barcha guruh volontyorlari bilan birga texnikumning xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga erta tongda xush kayfiyat ullashish maqsadida tozalov ishlariga yordam berdilar.

☕️ Bundan tashqari xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga o’quvchi qizlar tomonidan tayyorlangan issiq qahva va shirinliklar ham ulashildi.

👏 «Mehr ulashib» volontyorlar guruhiga bunday xayrli ishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Ulashing: