«English speaking countrys» mavzusida tadbir tashkillandi.
Dunyo boʻylab 1,75 milliarddan ortiq kishi ingliz tilida gaplashadi — bu dunyodagi har 4 kishidan 1 tasi demakdir. Ingliz tili tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, ingliz tili qadimgi german qabilalarining tillaridan kelib chiqqan. Ingliz tili Angliyaning Anglo-Sakson qirolliklari hamda hozirgi janubiy-sharqiy Shotlandiya yerlari avvalgi Nortumbriya qirolligida vujudga keldi. Tarixiy manbaalarga koʻra, eski ingliz tili juda koʻplab shevalar turkumini oʻz ichiga oladi. Qadimiy ingliz tili 4 ta shevaga boʻlingan: nortumbriya, gʻarbiy sakson, mersiya va kent shevalari. Bu shevalar turkumi Buyuk Britaniyaning sharqiy qirgʻogʻiga nemis qabilalari boʻlmish anglo-saksonlar tomonidan keltirilgan. English (ingliz) soʻzi Angles soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, bu xalqning ajododlar yurti Angeln hozirgi Shlezvig Golshteyn (Schleswig-Holstein) boʻlgan. Buyuk Britaniyaning 17 va 20 asr oʻrtasidagi kuchli rivojlanishi hamda AQShning 20 asrdagi dunyoviy taʼsiri ostida ingliz tilining xalqaro nufuzi oshdi.
Oʻzbekistonda ingliz tili yoshlar orasida ommalashib bormoqda, chunki til bilimi xorijiy Oliy oʻquv yurtlarining mahalliy filialida yoki bevosita xorijiy Oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olish imkonini beradi. Shu munosabat bilan joriy yilning 26-noyabr kuni texnikumning “Yuristlar uchun ingliz tili” fani oʻqituvchilari D.Xusainova, U.Raxmatovalar tomonidan «English speaking countrys» mavzusida tadbir tashkillandi.
Tadbirda oʻquvchi- yoshlar ingliz tilida gaplashuvchi mamlakatlar, ularning tarixi, davlat ramzlari haqida maʼlumotlar berdilar. Oʻquvchi- yoshlar oʻzlari tayyorlagan sahna koʻrinishlarini ingliz tilida ijro etdilar.
Tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.