O’quvchi-yoshlar Margʻilon shahrida joylashgan “Hunarmandlar markaziga” tashrif buyurdilar.

O’quvchi-yoshlar Margʻilon shahrida joylashgan “Hunarmandlar markaziga” tashrif buyurdilar.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus ijrosini taʼminlash hamda “Oʻquvchilar turar joyi” oʻquvchilarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda oʻquvchi- yoshlarni kasb-hunarga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida maxsus fan o’qituvchisi O.Usmonova boshchiligida bir guruh o’quvchi-yoshlar Margʻilon shahrida joylashgan “Hunarmandlar markaziga” tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida o’quvchi-yoshlar oʻzbek milliy matolarida atlas, adras, shoyi, baxmal va gilamlarni toʻqilish jarayonlarini kuzatdilar.

Mohir to’quvchilar Sh.Toshmatova, D.Qodirovalar oʻquvchi- yoshlarga matolarni tayyorlanish jarayonlari haqida maʼlumot berdilar hamda amaliy tarzda koʻrsatib oʻtdilar.

Oʻquvchi- yoshlar tomonidan berilgan savollarga toʻliq javob berib oʻtdilar. Tashriflar davom etadi.


27

Ulashing: