Ochiq dars mashg’uloti oʻtkazdi.

Joriy yilning 29-noyabr kuni “Xususiy- huquqiy fanlar» kafedrasi oʻqituvchisi O.Usmonova tomonidan 1-bosqich Davlat- huquqiy faoliyati yo’nalishi 12-21 guruhda «Huquqiy ko’nikmalar va metodologiya» fanidan «Yurist faoliyatida tashabbuskorlik, kreativlik va masalaga ijodiy yondashuv» mavzusida ochiq dars mashg’uloti oʻtkazdi.

Dars jarayonida yurist kasbi, madaniyati, nutqi va huquqqiy xulq atvori haqida batafsil to’xtalib, hozirgi zamon yuristlariga qo’yilayotgan talablar,yuristlarning karyerasi va jamiyatdagi o’rni haqida atrofliycha yoritib berildi.

Ochiq dars mashg’uloti slaydlar, audio va video materiallar hamda interfaol metodlar (aqliy xujum, baxs-munozara, blits-soʻrov, debat va boshqa usullar)dan unumli foydalangan holda olib borildi.

Ulashing: