Konstitutsiya umummilliy imtihoni bo’yicha targ’ibot.
Fuqarolarning Konstitutsiya haqidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida Adliya vazirligi va Konstitutsiyaviy sud umummilliy imtihonni o‘tkazadi. Imtihon ikki bosqichdan iborat bo‘lib, 1 dekabr kuni boshlanadi. Unda 15 yoshga to‘lgan va undan katta barcha fuqarolar qatnashishi mumkin. Eng yuqori natijani qayd etgan ishtirokchiga 15 mln so‘m beriladi.
Adliya vazirligi Konstitutsiyaviy sud bilan hamkorlikda fuqarolarning Konstitutsiya haqidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida umummilliy Konstitutsiya imtihoni o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan texnikum o’quvch- yoshlari va Monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i H.Isomiddinov boshchiligida Farg‘ona shahridagi 4-umumta‘lim maktabi, Aholi bandligiga ko‘maklashish Farg‘ona shahar bo‘limi va «Festival» savdo majmuasida Konstitutsiya umummilliy imtihoni bo’yicha targ’ibot ishlarini olib bordi.
Imtihon jamiyatimiz hayotining mezoni bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini chuqur va har tamonlama o’rganish, konstitutsiyaga oid bilimlarni mustaqil rivojlantirishga ko’maklashish, yoshlarni Konstitutsiyaga hurmat ruhida tarbiyalash, xorijiy davlatlar Konstitutsiyasiga oid qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtirish maqsadida o’tkazilmoqda.
Imtihon 8-dekabr.adliya.uz sayti orqali o’tkaziladi.