“Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Joriy yilning 9-dekabr kunida Fargʻona viloyati yuridik texnikumiga viloyat maʼmuriy sudining sudyasi I.Matmusayev va Fargʻona tumanlararo maʼmuriy sudining raisi S.Qurbonovlar tashrif buyurib, 2-bosqich “Yuridik xizmat” yoʻnalishi 3-20 guruhi oʻquvchilariga “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbatini fakultet dekani A.Ergashev ochib, tadbir ishtirokchilarini oʻquvchilarga tanishtirib oʻtdi.

Fargʻona tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi S.Qurbonov korrupsiya adolat va taraqqiyot kushandasi mavzusida gapirib, bugungi kunning amaliyoti va sud tizimidagi bir qator oʻzgarishlar haqida maʼlumot berib oʻtdi.

Ulashing: