«Yoshlar korrupsiyaga qarshi» shiori ostida targ’ibot o’tkazildi.

«Yoshlar korrupsiyaga qarshi» shiori ostida targ’ibot o’tkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitni yaratish, davlat va va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kamaytirish chora-tadbirlari” toʻgʻrisida”gi PF 6257-son Farmoni hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha “2021-2022 yillarga moʻljallangan Davlat dasturining 43 bandida belgilangan yoshlarga korrupsiyatsga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim berish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasi”ning 3-bandida “Ta’lim muassasalarida “Yoshlar korrupsiyatsga qarshi” 10 kunligini tashkil etish” vazifasi belgilangan.

Shu munosabat bilan joriy yilning 9-dekabr kuni “Yoshlar boʻlimi” uslubchisi M.Madaminov boshchiligida texnikumning “Street Law” loyihasi ishtirokchilari tomonidan korrupsiyani oldini olishga qaratilgan maxsus flayerlarni aholi koʻp joylarda tarqatib, targʻibot ishlarini olib bordilar.

Ulashing: