Davra suhbati oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikaksi adliya vazirligi yuridik texnikumlar oʻquvchilarining bilim, malaka va koʻnikmalarini yanada rivojlantirish hamda kouching va turli xil maxsus faoliyat turlarini oʻzlashtirishga qaratilgan hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga doir qoʻyimcha chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 16-dekabr kuni tasdiqlangan tadbirlar rejasiga asosan JIB Fargʻona shahar sudining sudyasi M.Abdubannobov tomonidan “Jinoiy jazo tushunchasi va tizimi” mavzusida “Davlat-huquqiy faoliyati” yoʻnalishi 2-20 guruh oʻquvchilariga davra suhbati oʻtkazildi.

Sudya M.Abdubannobov oʻquvchilarga jinoiy jazo turlari, ularning qoʻllash tartibi va tizimi haqida batafsil maʼlumot berib oʻtdi.

Oʻtkazilgan davra suhbati savol-javoblarga boy boʻlib, yosh huquqshunoslar sudlar faoliyatiga oid hamda boshqa oʻzlarini qiziqtirgan huquqiy mavzularda savollariga yetarli javoblar oldilar.

Ulashing: