«Zakovat» intellektual o’yinlarining yarim final bosqichi o’tkazildi.
Farg’ona viloyati yuridik texnikumida an’anaga aylangan 2 -bosqich o’quvchilari o’rtasida «Zakovat» intellektual o’yinlarining yarim final bosqichi o’tkazildi.
1-20 guruhining «Femida», 5-20 guruhining «Perfectli» jamoalarini bilimdonlari ishtirokida o’tkazilgan ushbu tadbir ishtirokchilar va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
«Zakovat » o’yinlari Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan alohida e’ tirof etildi. Yoshlarni bilimli va salohiyatli bo’lishlarida ushbu intellektual o’yinlarning ahamiyati oshib bormoqda.
Turli sohalardagi savollarga javob topish uchun izlanishda bo’lishga undaydigan bunday o’yinlar bo’lajak huquqshunoslarni o’z ustida ko’proq ishlashiga asos bo’ladi.
O’yin yakunida 1-20 guruhining «Femida» jamoasi g’olib deb topilib, final bosqichga yo’llanma oldi.
«Zakovat» o’yinlari davom etadi!..