⚖️ Adliya vazirining 2021 yil 29 yanvardagi 38-um-son «O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari o’quvchilari o’rtasida o’tkaziladigan «Eng iqtidorli o’quvchi» tanlovi to’g’risida nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrug’i e’lon qilindi.
♻️ Tanlov Respublika darajasida bo’lib, unda faqat yuridik texnikum bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin. Tanlovning texnikum bosqichi joriy yilning yanvar oyida, Respublika bosqichi fevral oyida o’tkaziladi.
🔹 Tanlovda ishtirok etish istagida bo’lgan o’quvchilar 2022-yilning 8-yanvariga qadar quyidagi hujjatlarni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktar o’rinbosari O.Nasretdinovaga taqdim etishlari lozim:
1️⃣ Ishtirokchining yetakchilik qobiliyati, erishgan yutuqlari, darslardagi faol ishtiroki, o’quvchilarga o’rnak bo’ladigan tomonlari va jamoat ishlaridagi faoliyati haqidagi ma’lumtlar bayon etilgan ikki betdan oshmaydigan hajmdagi taqdimnoma (dekanat va o’quv bo’limi bilan birgalikda tayyorlanadi);
2️⃣ Ishtirokchining fanlarni o’zlashtirish natijalari aks etgan ma’lumotnoma (dekanat bilan birgalikda tayyorlanadi);
3️⃣ Tanlov ishtirokchisining nashr etgan ishlari ro’yxati va ularning nusxalari;
4️⃣ Turli tadbirlar, tanlovlarda ishtirok etganligi (g’olib bo’lganligi) uchun taqdirlanganlik to’g’risidagi faxriy yorliqlar va diplomlarning nusxalari;
5️⃣ Grant va konferensiyalardagi ishtiroki haqidagi ma’lumotlar.
💬 Izoh. Hujjatlar to’plamiga kiritilgan materiallar va ma’lumotlarda tanlov ishtirokchisining yuridik texnikumga o’qishga kirgandan keyingi faoliyatiga doir ma’lumotlar kiritiladi.