Oraliq nazoratlar haftaligi boshlandi.

Joriy yilning 20-dekabr kunidan 2021/2022 oʻquv yilining 1-bosqich o’quvchilari uchun 1-semestrning oraliq nazoratlar haftaligi boshlandi.

Oraliq nazoratlar haftaligi tasdiqlangan jadval asosida tashkil etilib, sinovlarning shaffofligini taʼminlash maqsadida har bir guruhga nazoratchi pedagog xodimlar biriktirildi.

Kafedralar tomonidan tayyorlangan oraliq nazorat savolnomalari oʻquv- metodik boʻlimda koʻrib chiqildi va tasdiqlangan holatda oʻquvchilarga taqdim etilmoqda.

Oraliq nazorat haftaligi joriy yilning 24-dekabrga qadar davom etadi.

Ulashing: