Texnikum o’quvchilari «O’zbekiston yoshlari Forumi-2021» oyligi doirasida navbatdagi forumda ishtirok etdilar.

Joriy yilning 21 dekabr kuni texnikumning birinchi va ikkinchi bosqich o’quvchilari Farg’ona shahrida bo’lib o’tgan «O’zbekiston yoshlari Forumi-2021» oyligi doirasida navbatdagi forumda ishtirok etdilar.

Tadbir Farg’ona shahrida joylashgan «Samo»sport majmuasida o’tkazildi. Mamlakatimiz bo’ylab yoshlarimiz uchun tashkil etilayotgan sport musobaqalari, konsertlar, milliyo’yinlar va harbay qurol aslahalar namoyishlari chinakkamiga bayram shukuhini yaratmoqda.

Forumda SHarqiy okrug xizmatchilari tomonidan harbiy texnika, qurol-aslahalar, harbiy kiyimlar va boshqa turdagi ko’rgazmalar namoyish etildi.


Ulashing: