Seminar-trening o’tkazildi.

Texnikumda joriy yilning 5-8-yanvar kunlari xodimlarning intellektual salohiyati, uslubiy metodikasini oshirish hamda sogʻlom turmush tarzini olib borish yuzasidan tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Rejaga asosan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va oʻqitishning texnik vositalarini qoʻllagan holda “Xususiy huquqiy fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi B.Mavlonov tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Kontitutsiyasining oʻziga xos hususiyatlari” mavzusida seminar treyning oʻtkazildi.

Seminar treningda Oʻzbekiston Respublikasi Kontitutsiyasining boshqa Konstitutsiyalardan farqli hususiyatlari, davlat xokimyatini “Hokimiyatlarning boʻlinishi” tamoyili asosida boshqarilishi, Fuqarolarning huquq va erkinliklari, ularning bajarilishining kafolatlari, Mustaqillik deklaratsiyasi, Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisidagi qonun, Prezidentlik lavozimini taʼsis etilishi va shu kabi Konstitutsiyaning oʻziga hos hususiyatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtdi.

Ulashing: