“Jinoyat huquqi” fanidan “VIKTORINA” shaklda dars mashgʻuloti oʻtkazildi

Joriy yilnng 25-fevral kuni 2-bosqich 5-20 va 7-20 guruh oʻquvchilari oʻrtasida “Jinoyat huquqi” fanidan “VIKTORINA” shaklda dars mashgʻuloti oʻtkazildi. Dars mashgʻuloti jarayonida innovatsion texnologiyalar va “Aqliy xujum”, “Baxs munozara”, “BBB”, “Blis-soʻrov” va boshqa shu kabi interfaol metodlardan unumli foydalanildi. Ikkala guruhdan ikkita jamoa tuzilib, ular oʻrtasida: – jinoyat huquqi siyosati va uning asosiy yoʻnalishlari, jinoyatga suiqasd qilish tushunchasi va turlari, jinoyatning fakultativ va obyektiv tomonini tashkil qiluvchi belgilar kabi savollarga atroflicha tortishuvchilik tamoyiliga rioya qilgan xolda javoblar berildi.

Nazariy bilimni amaliy jixatda mustaxkamlash maqsadida JKning 25-169 moddalari 3-qismi, 118-moddasini 3-qismi va 97-moddasining 2-qismi bilan bogʻlik masalallarga jinoiy-huquqiy tavsiflar berildi.

Shuningdek jamoa sardorlari “Jinoyat huquqi” fanidan 10 tadan savollarga javoblar berdilar.

Xayʼat raisi va aʼzolari tomonidan 5-20 guruhi jamoasi gʻolib deb eʼlon qilindi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: