“Sport-sog‘lik garovi” shiori ostida arqon tortish, futbol, volleybol, stol tennisi va kurash sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Joriy yilning 24-yanvar kuni imzolangan “Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi va Farg‘ona shahar “Mash’al” mahalla fuqarolar yig‘ini o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum” hamda “Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha 2022-yilga mo‘ljallangan “Hamkorlik chora-tadbirlar reja”siga asosan texnikumning ochiq sport maydoni mahalla aholisi uchun haftaning har juma kunlari foydalanishi uchun shart sharoitlar yaratib berilib, aholining keng qatlamlarini jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish maqsadida texnikumning “O‘quvchilar turar joyi”da istiqomat qiluvchi o‘quvchi-yoshlar hamda Farg‘ona shahar “Mash’al” MFY sportchi yoshlari o‘rtasida “Sport-sog‘lik garovi” shiori ostida arqon tortish, futbol, volleybol, stol tennisi va kurash sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: