Shoira Zulfiyaxonim tavalludining 107 yilligi munosabati bilan “Salqin saharlarda uyg‘ongan bahor” nomli adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi.
Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida Shoira Zulfiyaxonim tavalludining 107 yilligi munosabati bilan “Salqin saharlarda uyg‘ongan bahor” nomli adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi. Tadbirni Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, yuridik texnikum direktori Toshmatova Mahbuba Yursunovna ochib berdi.
Tadbirda texnikum o‘quvchilari tomonidan shoira qalamiga mansub she’rlar ifodali o‘qildi, shungdek shoira ijodi asosida yaratilgan lirik qo‘shiqlar ijro etildi.
Tadbir davomida yosh ijodkor o‘quvchi-yoshlar o‘z ijod mahsullarini tomoshabinlarga taqdim etdilar.
Shoir Hamid Olimjon va Zulfiya o‘rtasidagi she’riy aytishuv sahna ko‘rinishi orqali namoyish etildi. Tadbir barchada katta taassurot uyg‘otdi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube