Tanlov asosida ishga taklif qilamiz.
✔️ Ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik — faoliyatimizning eng ustuvor yo’nalishi.
👉 Ayni damda Farg’ona viloyati yuridik texnikumiga mavjud bo’sh ish o’rniga arizalar qabul qilinmoqda.
🔹 Vakant lavozim:
👉 Direktorning o’quv ishlari bo’yicha birinchi o’rinbosari -malaka talablari – oliy ma’lumotli huquqshunos, qoida tariqasida huquqshunos mutaxassisligi bo’yicha magistr darajasiga yoki PhD ilmiy darajaga ega bo’lishi, ta’lim tizimida kamida 5-yil ish stajiga ega bo’lishi kerak. Ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo’lgan shaxslarga ish staji talab etilmaydi.
👨💻 Nomzodlar vacancy.adliya.uz saytida ro’yhatdan o’tib, quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
– tanlov uchun ariza;
– shaxsiy ma’lumotnoma (obektivka);
– diplom nushasi;
– pasport nushasi.
☝️ Texnikumdagi bo’sh ish o’rniga ariza va tegishli hujjatlar 2022-yil 18-mart kuni soat 17-00ga qadar qabul qilinadi.
📲 Tanlov tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari yuz berganda bu haqda Adliya vazirlingining «1008”ishonch telifoniga, @antikorbot telegram kanaliga murojaat qilishingiz mumkin.
🔰 Saralash jarayoni quyidagi bosqichlarda o’tkaziladi:
1. Hujjatlar qabuli;
2. Arizalar va hujjatlarni o’rganish;
3. Test sinovlarini o’tkazish;
4. Suhbat.