Joriy yilning 9-iyun kuni Toshkent davlat yuridik universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Konstitutsiyaviy komissiya raisi, akademik, yuridik fanlari doktori, professor A.Saidov ishtirokida «Konstitutsiyaviy islohotlar: ilmiy hamjamiyat nigohida» ilmiy jamoatchilik muhokamasi oʻtkazildi.

Tadbirni Toshkent davlat yuridik universiteti rektori A.Tashkulov olib bordi.

Gibrid shaklida tashkil etilgan tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti professorlari, fan nomzodlari, universitet xodimlari, talabalari va onlayn tartibda yuridik texnikum jamoalari ishtirok etdilar.

Muhokama dasturi asosida ishtirokchilar Konstitutsiyaning moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan asosli takliflarini bayon etdilar. Jumladan, texnikum direktori M.Toshmatova ham Konstitutsiyaning 40-moddasiga qoʻshimcha kiritish boʻyicha taklif berib oʻtdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: