⚖️ Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi bitiruvchilarining Toshkent davlat yuridik universiteti va “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga test sinovlarisiz yakka tartibda suhbat o’tkazish orqali bakalavrlarni tayyorlashning maxsus uch yillik dasturi bo’yicha o’qishga qabul qilish uchun maxsus komissiyaga ariza bilan murojaat qilgan o’quvchilar diqqatiga.

🔹 O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari bitiruvchilariga “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun yo‘llanmalar berish yuzasidan tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (2022-yil 3-iyun ro‘yxat raqami 3370)ga asosan maxsus komissiya majlisi joriy yilning 29- iyun kuni soat 09:00 da texnikum binosining 1-qavat 117-xonasida bo’lib o’tadi.

🔹 Maxsus komissiya majlisida bitiruvchilarni yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyatini, shuningdek ma’naviy-axloqiy fazilatlarini aniqlash uchun suhbat bo’lib o’tadi.

🔹 Shuningdek, komissiyaga taqdim etilgan hujjatlar bo’yicha qo’shimcha savollar berilishi mumkin.

👉☎️ Tanlov yuzasidan murojaatlar uchun 99891 159-99-44 telefon raqamiga bog‘lanishingiz mumkin.

 

Maxsus kommisiyaga yo‘llanma berishni so‘rab murojaat qilgan talabgorlar arizalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha majlislar o‘tkazish

JADVALI

 

T/r

Maxsus komissiya majlisi o‘tkaziladigan kun Majlis o‘tkaziladigan vaqt

Majlisi o‘tkaziladigan joy

1

2022 yil 29-iyun 900

Texnikum binosi,
1-qavat, 117-xona

 

Izoh: Nizomning 13-bandi 2-qismiga muvofiq tanlovga belgilangan vaqtda yetib kelmagan talabgorlar tanlovga qo‘yilmaydi hamda bunday talabgorlar uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkazilmaydi.

 

Qo‘shimcha ma‘lumotlar:

Isomiddinov Hakimjon Jo‘raboyevich – Maxsus komissiya yuzasidan bog‘lanish uchun mas’ul shaxs:

Tel: +99891 159-99-44

Email: info@fyut.uz

Ulashing: