Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbus ijrosini taʼminlash hamda, texnikumda kitobxonlik madaniyatini oshirish, mutolaa ko‘nikmalarini shakllantirish, kitob o‘qishga bo‘lagan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida texnikumning axborot-resurs markazi tomonidan o’qituvchilar o’rtasida «Mening oxirgi o’qigan kitobim» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Texnikum o’qituvchilari oxirgi o’qigan kitoblari haqida gapirib berdilar va badiiy adabiyotlar asosida tuzilgan qiziqarli «Krosvord» savollariga javob topdilar.

Davra suhbati qiziqarli va mazmunli bo’lib o’tdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: