Yangi Konstitutsiyada tibbiy yordamning kafolatlari

Yangi Konstitutsiyada tibbiy yordamning kafolatlari

 

Amaldagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasida “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega” deb yozilgan edi. Konstitutsiyaviy islohotlar mobaynida shaxsan o’zim ham Kostitutsiyamizning ushbu moddasiga, ya’ni 40-moddaning davomi sifatida “Fuqarolar tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini bepul olish huquqiga ega” degan qo’shimchani kiritish bo’yicha o’z taklifimni bergan edim.

Hammamizga ma’lumki shoshilinch, kechiktirib bo’lmaydigan tibbiy yordam ko’rsatish, sog’liqni saqlashning birlamchi bo’g’inida va qator davlat davolash-profilaktika muassasalarida, avvalo, qishloq joylarda tibbiy xizmat ko’rsatish, qator yuqumli kasalliklarga qarshi aholini immunlashtirish va vaktsinatsiyalash, ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan va atrofdagilar uchun xavf tug’diradigan kasalliklar (sil, onkologik, ruhiy, narkologik, endokrinologik kasalliklarga chalingan bemorlar va kasb kasalliklariga chalingan shaxslar) bo’yicha ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam, bolalarni tekshiruvdan o’tkazish va davolash (pulli shifoxonalardan tashqari), 15-17 yoshli o’smirlar va chaqiruv komissiyalari yo’nalishlari bo’yicha chaqiruv yoshidagi (18-27 yoshli) shaxslarni tekshiruvdan o’tkazish va davolash, tug’ruq vaqtida yordam beradigan xizmatlarni ko’rsatish (pulli muassasalardan tashqari), imtiyozli toifaga mansub bemorlar (nogironligi bo’lgan shaxslar, urush faxriylari, to’liq yetimlar)ni davlat davolash-profilaktika muassasalarida davolash ishariO’zbekiston Respublikasi Prezidentining  1998 yil 10 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to’g’risida”gi  PF-2107-son Farmondan kelib chiqib bepul amalga oshirilayotgan edi.

Bugungi kunda  Yangi Konstitutsiya loyihasi keng jamoatchilik tomonidan o’rganilayotganligi, loyihaga ham turli takliflar tushayotganligi albatta barchani quvontiradi. Konstitutsiyaning 40-moddasiga sog’liqni saqlashga oid quyidagicha normalar qo’shilyapti:

  • O’zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning qonunda belgilangan hamda tez va shoshilinch tibbiy yordamni ham o’z ichiga oladigan kafolatlangan hajmini bepul olishga haqli.
  • Davlat sog’liqni saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlarini rivojlantirish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, tibbiy sug’urtaning turli shakllarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo’yicha zarur choralar ko’radi.
  • Davlat barqaror rivojlanish printsipiga muvofiq atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va himoya qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
  • Davlat Orolbo’yi mintaqasining ekologik tizimini himoya qilish va tiklash, uni ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish bo’yicha zarur choralar ko’radi.

Shuningdek Konstitutsiyaga 401-modda qo’shilmoqda:

  • Har kim sog’lom va qulay atrof-muhitga, uning holati haqidagi haqqoniy axborotga ega bo’lish hamda o’z sog’lig’iga yoki mol-mulkiga ekologik huquqbuzarlik tufayli yetkazilgan zararning o’rni qoplanishi huquqiga ega.

Aynan tibbiy yordamni bepul ko’rsatilishi bo’yicha moddaning  Konstitutsiyaviy norma sifatida kiritilishi aholining o’z huquqlarini yanada keng targ’ib qilishiga hamda o’zining davlat tomonidan tibbiy yo’nalishda himoya qilishiga bo’lgan ishonchini yanada oshirishiga xizmat qiladi.

 

Farg’ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig’i
o’rinbosari – yuridik texnikum direktori M.Toshmatova

Ulashing: