Joriy yilning 16-iyul kuni 2021/2022 oʻquv yili yakuni hamda ikkinchi bosqich oʻquvchilariga bagʻishlangan “Oq yoʻl sizga, bitiruvchilar!” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Fargʻona adliya boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, Fargʻona shahar xokimligi, Fargʻona viloyati kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi, va boshqa huquqni muhofaza etuvchi organlar hamda bitiruvchilarning ota-onalari tashrif buyurdilar.

✅ Tadbirni Adliya boshqarmasi boshligi A.Buriyev ochib, bitiruvchilar va ularning ota-onalariga samimiy tilaklar bildirib hamda bitiruvchilarga, ularning ota-onalarga tashakkurnoma va maqtov yoriqlarini tantanali ravishda topshirildi.

Bundan tashqari 2021-2022 oʻquv yilida jamoat ishlarida faol boʻlgan 1-bosqich oʻquvchilari ham taqdirlandilar.

✅ Tadbir badiiy chiqishlar hamda kuy- qoʻshiqlar bilan koʻtarinki ruxda oʻtdi



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: