Tanlov asosida ishga taklif qilamiz

Tanlov asosida ishga taklif qilamiz.
✔️ Ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik — faoliyatimizning eng ustuvor yoʻnalishi.
👉 Ayni damda Fargʻona viloyati yuridik texnikumiga mavjud boʻsh ish oʻrinlariga xodimlar va professor-oʻqituvchilarni ishga qabul qilish boʻyicha arizalar qabul qilinmoqda.

🔹Vakant lavozimlar:

👉 Oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan yuristlar uchun ingliz tili fani oʻqituvchisi, 1 nafar (rus va oʻzbek guruhlarga dars oʻtadigan);
👉 Oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan maxsus fan oʻqituvchilari: 2 nafar (oʻzbek guruhlarga dars oʻtadigan),  1 nafar (rus guruhlarga dars oʻtadigan). Jami – 3 nafar
👨💻 Nomzodlar: tanlov uchun ariza, shaxsiy maʼlumotnoma (obʼektivka), diplom nusxasi, pasport nusxasini vacancy.adliya.uz saytiga kirib roʻyhatdan oʻtib, hujjatlarni taqdim etishlari lozim.
☝️ Texnikumidagi boʻsh ish oʻrinlarga ariza va tegishli hujjatlar 2022 yil 30 avgust kuni soat 17:00 ga qadar qabul qilinadi.
📲 Tanlov tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari yuz berganda bu haqda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga, @antikorbot telegram kanaliga murojaat qilishingiz mumkin.
🔰 Saralash jarayoni quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:
1. Hujjatlar qabuli;
2. Arizalar va hujjatlarni oʻrganish;
3. Test sinovlarini oʻtkazish;
4. Suhbat.

Ulashing: