“Yoshlar jinoyatchiligini oldini olishda Fargʻona viloyati tajribasi” haftaligi o‘tkazilmoqda!

Fargʻona viloyatida “Yoshlar jinoyatchiligini oldini olishda Fargʻona viloyati tajribasi” haftaligining soʻngi kunida ilmiy-amaliy konferensiya Fargʻona shahridagi “Tadbirkorlar uyi” da tashkil etildi.

Konferensiyada texnikumning o‘quvchi-yoshlari ham ishtirok etdilar.Konferensiyani ochib berish uchun viloyat hokimi oʻrinbosari Fayzullo Qosimov soʻzga chiqdi va hafta davomida viloyatda amalga oshirilgan tadbirlar haqida umumiy ma’lumot berdi.

Konferensiyada Yoshlar muammolarini oʻrganish instituti direktor oʻrinbosari Alisher Yunusov ham oʻz ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Nutqi davomida Fargʻona viloyati, xalqi barcha yoʻnalishda ijobiy natijaga erishishda maktab vazifani bajara oladi, deb e’tirof etdi.

Qolaversa, konferensiyada Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi qoshida tashkil etilgan “Yoshlar parlamenti” rahbarlari Shahnoza Joʻldoseva, Begzod Toʻxtomurodovlar “Yoshlar jinoyatchiligini oldini olishda Yoshlar parlamentlarining oʻrni” mavzusidagi nutqlari bilan ishtirok etmoqda.Xalqaro tajriba, qiziqarli taqdimotlar yigʻilgan barcha ishtirokchilarni qiziqishini orttirmoqda.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: