SHHT sammiti doirasida 15-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan muzokaralari boshlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, Turkmaniston prezidenti O‘zbekistonda unga ko‘rsatilgan samimiy mehmondo‘stlik uchun mamlakat rahbariga minnatdorlik bildirdi. Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning salomini yetkazdi.

Oliy martabali mehmon Samarqandda Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini alohida qayd etgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tovar ayirboshlash hajmi barqaror oshib borayotgani va yil boshidan 10 foizga ortgani ko‘rsatib o‘tilgan. Logistika, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida qo‘shma kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Hududlar hamkorligi va madaniy-gumanitar almashinuv kengayib bormoqda.

Ulashing: