Shavkat Mirziyoyevni mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashdagi katta xizmatlari uchun Rossiyaning Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘ldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbarini ushbu orden bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmon iyul oyida qabul qilingan edi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident mukofotni qabul qilar ekan, uni, birinchi navbatda, butun O‘zbekiston xalqining o‘zaro do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasining e’tirofi deb bilishini ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etish joizki, Aleksandr Nevskiy ordeni bilan Rossiya bilan ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ko‘maklashishda xizmat ko‘rsatgan atoqli xorijiy siyosat va jamoat arboblari mukofotlanadi.

Ulashing: