O‘quvchilarni milliy-ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda yuksak bilimli, zamonaviy, mustaqil fikrlaydigan, intellektual rivojlangan yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida “1-oktabr – o‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bugun 23-sentabr kuni “Umumta’lim fanlari” kafedrasi tomonidan “Sizga ta’zimdamiz, aziz ustozlar!” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Bunday Insholar tanlovlarini o‘tkazish o‘quvchi- yoshlarning dunyoqarashini o‘stirishi, nutqiy savodxonligini oshirishi, mustaqil va erki fikr bildirish qobiliyatlarini o‘stirishi hamda jamiyatda olib borilayotgan islohotlarni to‘g‘ri talqin qilishiga qaratilgan, – deya ta’kidladi umumta’lim fanlari kafedrasi mudiri N.Qurbonova.

Tanlov natijalari keying sahifalarimizda e’lon qilinadi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: