O‘quvchilar turar joyi

Farg’ona viloyati yuridik texnikumi direktorining
2020 yil “29”sentyabrdagi 45-um-son
buyrug’iga 13-ilova

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Farg’ona viloyati yuridik texnikumining
«O’quvchilar turar joyi» to’g’risida
NIZOMI

1-bob. Umumiy qoidalar

1. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Farg’ona viloyati yuridik texnikumi (keyingi o’rinlarda texnikum deb yuritiladi)ning O’quvchilar turar joyi (keyingi o’rinlarda O’quvchilar yashash uylari deb yuritiladi) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida o’qishni tashkil qilish choralari to’g’risida”gi 858-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

2. O’quvchilar turar joyi texnikumning tarkibiy bo’linmasi hisoblanib, texnikumga respublikaning boshqa hududlari va xorijiy mamlakatlardan kelib ta’lim olayotgan o’quvchilarini vaqtincha yashash joyi bilan ta’minlashda joriy rahbarlikni amalga oshiradi.

3. O’quvchilar turar joyi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hay’at qarorlari va buyruqlari, Toshkent davlat yuridik universiteti buyruqlari, texnikum Ustavi, texnikum Kengashi qarorlari, texnikum direktorining buyruqlari, shuningdek mazkur Nizomga muvofiq olib
boradi.

4. O’quvchilar tura joyi bevosita direktorning yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosariga bo’ysunadi.

2-bob. O’quvchilar turar joyi mudirining vazifalari va funktsiyalari

5. O’quvchilar turar joyi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • O’quvchilarning ta’lim va tarbiya olishlari uchun O’quvchilar yashash uylarida munosib shart-sharoitlar yaratish;
  • O’quvchilar turar joyida yashash uchun tavsiya etilgan o’quvchilarni joylashtirish, ularning kontingenti bilan samarali ish olib borish;
  • O’quvchilar turar joyida o’quvchilarning o’zini o’zi boshqaruvini tashkil etish hamda o’rnatilgan ichki tartib qoidalariga rioya etilishini ta’minlash.

6. O’quvchilar turar joyi o’ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

a) o’quvchilarning ta’lim va tarbiya olishlari uchun O’quvchilar turar joyida munosib shart-sharoitlar yaratishda:

  • O’quvchilar turar joyida o’quvchilarning yashashi, o’z ustida mustaqil ishlashi, dam olishi hamda sport, san’at va boshqa klublarda qatnashishi uchun sharoitlar yaratish;
  • O’quvchilar turar joyida texnikum tomonidan moddiy-texnika ta’minoti, uni kapital va joriy ta’mirlash, binodagi qattiq va yumshoq krovat, mebel`, xona jihozlari (ko’rpa-to’shak, yopinchiqlar va boshqalar), texnika vositalarini saqlash, ta’mirlash, hududni obodonlashtirish, tozaligini ta’minlash, kommunal-xo’jalik xizmatlari (issiq va sovuq suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiq suv kuvurlarini ta’mirlash) va boshqa shart- sharoitlar ta’minlash;
  • Ma’naviyat va ma’rifat xonasi, o’quv va dars tayyorlash xonasi, dam olish xonasi, tibbiyot xonasi, yuvinish xonasi, buyumlarni saqlash xonasi, oshxona, sport va kino zallari va ota-onalar xonalarini muntazam foydalanishga yaroqli holda saqlash;
  • O’quvchilarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkillashtirish uchun texnikum kafedralari va turli tashkilotlar bilan reja asosida va rejadan tashqari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkillashtirish;

b) O’quvchilar turar joyiga yashash uchun tavsiya etilgan o’quvchilarni joylashtirish, ularning kontingenti bilan samarali ish olib borishda:

  • O’quvchilar turar joyida yashashga tavsiya etilgan o’quvchilar bilan “O’quvchilar yashash uylaridan xona va jixozlar berish to’g’risida” shartnoma va “O’quvchilar yashash uylaridan xona va jixozlarni topshirish-qabul qilish” dalolatnomalari tuzish va tibbiy ko’rikdan o’tkazish bilan bog’liq ishlarni tashkillashtirish;
  • O’quvchilar turar joyiga joylashgan o’quvchilarni yashash xonalariga joylashtirish, sanitariya-gigiena normalarini bajarilishini ta’minlash, xar bir yashash xonasi uchun xona sig’imidan kelib chiqib, yashash uchun zarur anjomlar bilan ta’minlash;
  • O’quvchilar turar joyi uylarida istiqomat qiluvchi o’quvchilarning shaxsiy varag’i, ular haqidagi umumiy ma’lumotlar va statistik jadvallarni yuritish;

v) O’quvchilar turar joyida o’quvchilarning o’zini o’zi boshqaruvini tashkil etish hamda o’rnatilgan ichki tartib qoidalariga rioya etilishini ta’minlashda;

  • O’quvchilar turar joyida o’quvchilarning o’zini o’zi boshqaruvini shakllantirish va amalga oshirish maqsadida o’quvchilar kengashini tashkil etish;
  • O’quvchilar turar joyida o’rnatilgan ichki tartib qoidalari, kirish-chiqish tartibiga rioya etilishini ta’minlash.

3-bob. O’quvchilar turar joyi mudirining huquq va majburiyatlari

7. O’quvchilar turar joyi o’ziga yuklatilgan vazifa va funktsiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:

  • Texnikumning tarkibiy bo’linmalaridan o’z faoliyatiga taalluqli materiallar va ma’lumotlarni so’rab olish;
  • O’quvchilar turar joyi moddiy texnik bazasidagi kamchiliklarni to’ldirish va munosib shart sharoitlar yaratish uchun texnikum rahbariyatiga takliflar kiritish;
  • Texnikum faoliyatini rivojlantirishga munosib hissa qo’shgan, o’zining iste’dodi va bilimini namoyon qila olgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, turli sohalarda yutuqlarga erishgan, fidoiylik namunasini ko’rsatgan O’quvchilar yashash uylari xodimlarini rag’batlantirish yuzasidan texnikum rahbariyatiga takliflar kiritish;
  • O’quvchilar turar joyi faoliyatiga doir hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.

O’quvchilar turar joyi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lish mumkin.

8. O’quvchilar turar joyi uylari:

  • Texnikum Kengashining qarorlari va direktorining buyruqlarida O’quvchilar turar joyiga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlashga;
  • Texnikum rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida va sifatli bajarishga;
  • Faoliyatining barcha yo’nalishlari bo’yicha yuqori samaradorlikni ta’minlashga, texnikum tadbirlarida faol ishtirok etishga;
    o’z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqishga;
  • Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari uchun belgilangan tartibda shaxsiy qabullarni tashkil qilishga;
  • Mehnat va ijro intizomi hamda xizmat vazifalariga rioya qilishga, yillik ish rejalarning bajarilishini ta’minlashga;
  • Texnikum ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalariga rioya etishga majbur.

O’quvchilar turar joyiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.

4-bob. O’quvchilar turar joyi faoliyatini tashkil qilish tartibi

9. O’quvchilar turar joyini texnikum direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan mudir boshqaradi.

10. O’quvchilar turar joyi rahbar boshqaruvida shtatlar jadvaliga muvofiq belgilanadigan xodimlar faoliyat yuritadi.

5-bob. Yakuniy qoida

11. O’quvchilar turar joyini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

*************************************************************************************************************************

O‘quvchilar turar joyi haqida umumiy ma’lumot

O’quvchilar turar joyida faoliyat olib boradigan xodimlar haqida ma’lumot:

F.I.SH Tug’ilgan yili Lavozimi Mutaxassisligi Qachon qaerni tugatgan
1 Ro’zmatova Muhabbat Kuzibaevna 01.10.1967 Komendant Tovarshunos Farg’ona kooperativ texnikumi 1984 yil
2 Mahmudbekova Gulbahor Ismoilovna 10.06.1971 Bosh tarbiyachi MNO Farg’ona Davlat Universiteti 1992 yil
3 Hatamova Shoira Dexkanovna 16.04.1968 Tarbiyachi, tungi navbatchi Maktabgacha tarbiya  Favrg’ona pedagogika kolleji 2005 yil
4 Melieva Munojat Gafurovna 12.02.1986 Tarbiyachi, tungi navbatchi Hamshiralik ishi  Farg’ona tibbiyot kolleji 2005 yil

O’quvchilar turar joyini haqida ma’lumotlar:

O’quvchilar soni Jami Shundan Yetim o’quvchilar Shundan
O’g’il Qiz O’g’il Qiz
1 2-qavat
2 3-qavat
Jami

O’quvchilar turar joyi «Kutubxonasi» haqida ma’lumot

Adabiyotlar turi Necha nomda Jami soni Kutubxona fondining xolati
Tillar bo’yicha
O’zbek Rus
1 Darslik 37 6974 5344 1630
2 Siyosiy 125 420 335 85
3 Uslubiy 13 20 14 6
4 Kasbiy 52 3010 2689 321
5 Badiiy 150 440 412 28
Jami 377 10864 8794 2070

O’quvchilar turar joyi yashaydigan o’quvchilarining yoshi to’g’risida ma’lumot:

Bosqich Jami Shundan
15 yosh 16 yosh 17 yosh 18 yosh 19 yosh 20 yosh 20 yoshdan yuqori
1 1-bosqich
2 2-bosqich
Jami

 

O’quvchilar turar joyi  haqida foto lavhalar:

Ulashing: