{"id":293,"date":"2020-11-12T10:52:48","date_gmt":"2020-11-12T05:52:48","guid":{"rendered":"http:\/\/fyut.uz\/?page_id=293"},"modified":"2020-11-12T23:30:46","modified_gmt":"2020-11-12T18:30:46","slug":"odob-ahloq-qoidalari","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/fyut.uz\/?page_id=293","title":{"rendered":"Odob-ahloq qoidalari"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: center;\"><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi<\/strong><br \/>\n<strong>Farg\u2018ona viloyati yuridik texnikumining<\/strong><br \/>\n<strong>ODOB-AXLOQ QOIDALARI<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>1-bob. Umumiy qoidalar<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">1. Mazkur qoidalar O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 oktyabrdagi \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida o\u2018qishni tashkil qilish choralari to\u2018g\u2018risida\u201dgi 858-son qarori, O\u2018zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018 yil 7 iyundagi \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarida kadrlar bilan ishlash tartibiga oid hujjatlarni tasdiqlash haqida\u201dgi 185-um-son, 2018 yil 27 oktyabrdagi \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 oktyabrdagi 858-son \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida o\u2018qishni tashkil qilish choralari to\u2018g\u2018risida\u201dgi qarori ijrosini ta\u2019minlash haqida\u201dgi 334-um-son buyrug\u2018i va Farg\u2018ona viloyat yuridik texnikumining (keyingi o\u2018rinlarda texnikum deb yuritiladi) Ustavi va Ichki tartib qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">Ushbu qoidalar umume\u2019tirof etilgan ma\u2019naviy va axloqiy tamoyillarga hamda mamlakatda o\u2018tkazilayotgan keng qamrovli islohotlar, zamonaviy talablarga javob beradigan \u201cyurisprudensiya\u201d mutaxassisligi bo\u2018yicha yuridik kadrlarni tayyorlashda o\u2018quvchilarni vatanparvarlik,\u00a0yuksak ma\u2019naviy-axloqiy va intellektual fazilatlarni rivojlantirish, huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish bo\u2018yicha samarali tizimni yaratish, texnikumda sog\u2018lom ma\u2019naviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish hamda texnikumning jamiyatdagi va ta\u2019lim tizimidagi nufuzi, obro\u2018-e\u2019tiborini asrab-avaylash va yanada oshirish maqsadida, texnikumning barcha pedagog va boshqa xodimlari (keyingi o\u2018rinlarda xodim deb yuritiladi) va o\u2018quvchilari tomonidan texnikum hududida, kundalik hayotida rioya etishlari shart bo\u2018lgan odob-axloq normalarini belgilaydi.<\/p>\n<p>2. Mazkur qoidalarning asosiy vazifalari:<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">o\u2018quv jarayonini samarali tashkil etish uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlar yaratish;<br \/>\nyuksak ma\u2019naviy-axloqiy fazilatlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldida o\u2018z mas\u2019uliyatini his etadigan, vatanparvar va insonparvar, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan irodasi baquvvat, iymoni butun va vijdoni pok mutaxassislarni tayyorlash;<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">milliy ta\u2019lim maydonida texnikumning nufuzi va raqobatbardoshligini ko\u2018tarish hamda yuridik kadrlarni tayyorlash sifatini yanada yaxshilashga yo\u2018naltirilgan texnikumni o\u2018quv, o\u2018quv-uslubiy, tashkiliy-uslubiy hamda ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy ishlari asoslarini mustahkamlash va rivojlantirish;<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">sog\u2018lom psixologik muhitni saqlash va barcha xodim va o\u2018quvchilar faoliyati samarasini oshirish maqsadida yagona axloq normalarini ta\u2019minlash;<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">texnikumga nisbatan ijtimoiy ishonchni mustahkamlash hamda texnikum obro\u2018-e\u2019tibori va imijini saqlab qolishda ko\u2018maklashish;<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">yoshlar orasida odob-axloq qoidalarini buzishga, shu jumladan zo\u2018ravonlik, shafqatsizlik va hayosizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning oldini olish;<br \/>\nyoshlarni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlari, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo\u2018lgan ekstremistik ta\u2019sirlardan himoya qilishga ko\u2018maklashishdan iborat.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>2-bob. Texnikum xodimlari va o\u2018quvchilarining odob-axloqiga<\/strong><br \/>\n<strong>oid umumiy qoidalar<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">3. Texnikumda hamjihatlik, g\u2018amxo\u2018rlik, o\u2018zaro ishonch, hurmat, do\u2018stona munosabat, insoflilik, vijdonlilik, ahil-inoqlik xodimlar\u00a0va o\u2018quvchilarning o\u2018zaro munosabatlaridagi muhim shartlardir.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">Xodim va o\u2018quvchi texnikumda faoliyat yuritayotgan (o\u2018qiyotgan) turli millat va elat vakillarining odob-axloq qoidalari, milliy udum,\u00a0urf-odatlari va an\u2019analarini hurmat qilishi lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">4. Texnikumda o\u2018zaro munosabatlarning asosiy tamoyili \u2013 bir shaxsning huquqi boshqa shaxsning huquqini poymol qilmasligi lozim, jumladan xodim yoki o\u2018quvchining so\u2018z erkinligi, unga birovga tuhmat qilish, haqoratlash, o\u2018zaro munosabatlarda umume\u2019tirof etilgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi behayo so\u2018zlardan foydalanishga yo\u2018l qo\u2018ymaydi, vijdon erkinligi texnikumda diniy marosimlarni o\u2018tkazish huquqini bermaydi, kiyim-kechaklarni kiyish erkinligi esa tarbiya jarayoniga salbiy ta\u2019sir o\u2018tkazish hollarini keltirib chiqarishiga yo\u2018l qo\u2018ymaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">Xodimning shaxsiy, oilaviy, ijtimoiy yoki boshqa munosabatlari uning texnikumdagi faoliyatiga ta\u2019sir etishiga yo\u2018l qo\u2018ymasligi lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">5. Texnikum xodimlari o\u2018z kasbiga mos bo\u2018lgan kiyimda bo\u2018lishlari lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">O\u2018quvchi-yigitlar texnikumga (belgilangan formada) oq ko\u2018ylakda, klassik uslubdagi shim-kostyum, galstukda va to\u2018q rangdagi poyafzalda kelishlari lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">Bunda o\u2018zlari bilan o\u2018quv vositalarini olib kelishda 25&#215;20 o\u2018lchamdan kichik bo\u2018lmagan papka yoki portfel tutishlari shart.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">O\u2018quvchi-qizlar texnikumga (belgilangan formada) oq bluzkalarda, tizzani yopib turadigan yubka va kostyum, to\u2018q rangdagi poyafzalda kelishlari lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">Bunda o\u2018zlari bilan o\u2018quv vositalarini olib kelishda 25&#215;20 o\u2018lchamdan kichik bo\u2018lmagan papka yoki portfel tutishlari shart.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">O\u2018quvchilar auditoriyada, xodimlar esa xizmat xonalarida ustki kiyimda (plash, palto, kurtka kabilar) yurishlari mumkin emas.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">6. Xodimlar va o\u2018quvchilar texnikumga diniy ibodat libosida, sport kiyimi va poyafzalida kelishi, ularning odamlar diqqatini tortadigan, xususan, tanani shaffof ko\u2018rsatib turadigan, yelka, ko\u2018krak va qorin, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda, shuningdek naushniklar, metall zanjirlar va boshqa taqinchoqlar, pirsingda texnikumga kelishi mumkin emas.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">7. Xodim va o\u2018quvchilarning tashqi qiyofasi ozoda, pokiza, soch va soqoli olingan bo\u2018lishi lozim.<br \/>\nTexnikumning ayol xodimlari va o\u2018quvchi qizlariga yorqin pardoz (makiyaj) qilishiga yo\u2018l qo\u2018yilmaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">8. Xodimlar va o\u2018quvchilar sha\u2019ni va qadr-qimmati e\u2019zozlanishi hamda xalqimizning ma\u2019naviy merosini avaylab-asrash maqsadida, bir-biriga nisbatan hurmatsizlik qilishi, behayo so\u2018zlar ishlatishi qat\u2019iy taqiqlanadi. O\u2018zaro \u201cSiz\u201d deb murojaat qilish odat tusiga kirishi lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">O\u2018quvchilar xodimlarga ismi sharifini aytib murojaat qilishlari shart. Hamkasb xodimlar ham o\u2018zaro muloqotda bir-biriga ismi sharifini aytib murojaat qilishlari lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">9. Xodim va o\u2018quvchilar turli tadbirlar (majlislar, tantanali yig\u2018ilishlar, uchrashuvlar, bayramlar)da so\u2018zga chiquvchilarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo\u2018lishi, tinchlikka rioya etishlari shart. Zarurat tug\u2018ilganda majlislar zalidan nutqlar o\u2018rtasida chiqishga ruxsat etiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">10. Binolarga kirish va binolardan chiqish joylarida, shuningdek koridorlarda o\u2018quvchilar xodimni, erkaklar esa ayollarni o\u2018zlaridan oldin o\u2018tkazib yuborishlari lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">11. Binoga kirayotgan har bir shaxs binolarga kirib-chiqishni nazorat qilish uchun tayinlangan mas\u2019ul xodimga yoki navbatchiga o\u2018z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ochiq holda ko\u2018rsatishi shart.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">12. Xodim va o\u2018quvchilar texnikum hududida va koridorlarda o\u2018ng tomondan yurishlari kerak. Bir-biriga duch kelganda, albatta, salomlashishlari, bunda o\u2018quvchilar xodimlarga, erkaklar xotin-qizlarga, yoshlar kattalarga birinchi bo\u2018lib salom berishlari tavsiya etiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">13. Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik sub\u2019ektlari, ta\u2019lim va ilmiy muassasalar, ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolar bilan o\u2018zaro munosabatlarda texnikum xodimlari va o\u2018quvchilari rasmiy muloqot me\u2019yor va qoidalariga rioya etib, quyidagilarga majbur:<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">o\u2018z harakatlarini texnikum manfaatlarini ko\u2018zlab amalga oshirish, uning imijini saqlash, texnikum, uning xodim va o\u2018quvchilari manfaatlariga\u00a0va nomiga ziyon yetkazadigan harakatlarni amalga oshirmaslik;<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">texnikumning xodim va o\u2018quvchilari haqida haqiqatga to\u2018g\u2018ri kelmaydigan yoki noto\u2018g\u2018ri talqin qilingan ma\u2019lumotlarni tarqatmaslik, shuningdek shunday ma\u2019lumotlar tarqalishiga yo\u2018l qo\u2018ymaslik, shu jumladan jamoat oldida chiqishlar qilmaslik;<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">texnikum xodimlari va o\u2018quvchilarining roziligisiz ularning shaxsiy hayotiga oid ma\u2019lumotlarni oshkor qilmaslik;<br \/>\nxodim va o\u2018quvchilar haqida ularning kasbiy va o\u2018quv faoliyatiga oid bo\u2018lmagan ma\u2019lumotlarni aniqlashtirmaslik;<br \/>\nxizmat axborotlarini taqdim etish qoidalariga amal qilish;<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">axborotni yetarlilik (haddan tashqari qisqa va shu bilan birga o\u2018ta keragidan ortiq) va ishonchlilik (qayta tekshirishni talab qilmaydigan) talablariga muvofiq holda taqdim etish;<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">o\u2018z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida olingan maxsus ma\u2019lumotlarni texnikum rahbariyatining ruxsatisiz tarqatmaslik.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">14. Umumbashariy va milliy qadriyatlarga xos bo\u2018lmagan yoki texnikumning nufuziga putur yetkazadigan materiallarni Internet tarmog\u2018iga joylashtirish yoki ulardan turli noo\u2018rin maqsadlar yo\u2018lida foydalanish taqiqlanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">15. Texnikumga tegishli kompyuterlarda texnikum faoliyatiga tegishli bo\u2018lmagan ma\u2019lumotlarni, shuningdek turli kinofilmlar, noqonuniy ma\u2019lumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targ\u2018ib qiluvchi har qanday materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish va targ\u2018ib etish qat\u2019iyan man etiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">16. O\u2018quv mashg\u2018ulotlariga, ishga hamda xodim va o\u2018quvchilarning osoyishtaligiga xalaqit beradigan xatti-harakatlar (radiopriyomnik, televizor, multimedia va ovoz chiqaruvchi moslamalardan maqsadsiz foydalanish) sodir etish taqiqlanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">17. Texnikum xodim va o\u2018quvchilari dars mashg\u2018ulotlari va ishga belgilangan kun tartibiga ko\u2018ra o\u2018z vaqtida kelishlari shart.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">18. Texnikum xodim va o\u2018quvchilari ta\u2019lim muassasasiga kirib kelishda o\u2018z telefonining chaqiruv ovozini to\u2018liq o\u2018chirib qo\u2018yishi (telefonni \u00abovozsiz\u00bb rejimga o\u2018tkazishi) shart.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">Texnikumda o\u2018tkaziladigan o\u2018quv mashg\u2018ulotlari va tadbirlar boshlanishidan oldin o\u2018quvchilar:<br \/>\ntelefonini o\u2018chirib qo\u2018yishi;<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">telefonini portfeli, sumkasi va shu kabilarga solib qo\u2018yishi lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">19. O\u2018quvchilarga quyidagilar qat\u2019iyan taqiqlanadi:<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">telefonini bo\u2018yniga osib olish;<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun texnikum elektr tarmoqlariga ulash;<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">telefonida zo\u2018ravonlik, shafqatsizlik va pornografiyani targ\u2018ib qiluvchi video va suratlarni saqlash hamda vandalizm holatlarini suratga olish;<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">o\u2018quv mashg\u2018ulotlari vaqtida telefon orqali so\u2018zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo\u2018natish, telefonni stol ustiga qo\u2018yish, undan diktofon, kalkulyator, kalendar, yoki bloknot sifatida foydalanish, suratga olish va video tasvirga tushirish.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">20. Texnikum xodim va o\u2018quvchilariga quyidagi holatlar qat\u2019iy taqiqlanadi:<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">har qanday huquqbuzarlik sodir etish, shu jumladan tuhmat qilish, haqoratlash, xodim va o\u2018quvchiga jismoniy, ma\u2019naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo\u2018lgan ma\u2019lumotni tarqatish, tan jarohati yetkazish;<br \/>\nxodim va o\u2018quvchilar o\u2018zlari bilan o\u2018tkir tig\u2018li va inson hayotiga xavf yetkazishi mumkin bo\u2018lgan buyumlar inson sog\u2018lig\u2018iga qarshi ta\u2019sir etuvchi kimyoviy moddalar hamda elektr toki o\u2018tkazuvchi jihozlar va boshqa shu kabi har xil qurollarni yonlarida olib kelish va (yoki) saqlash;<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">dars mashg\u2018ulotlari vaqtida o\u2018quvchilar Internet\u00adkafe va kompyuter klublariga borish;<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">giyohvand moddalar, psixotrop vositalar, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste\u2019mol qilish va tarqatish;<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">halovat yoki osoyishtalikka tajovuz qilish, janjallashish, qimor va shunga o\u2018xshash boshqa o\u2018yinlar o\u2018ynash.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>3-bob. Rahbar va xodimlar o\u2018rtasidagi o\u2018zaro munosabatlar<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">21. Rahbariyat va xodimlar o\u2018rtasidagi munosabatlar, o\u2018zaro hurmat, ahillik, faollik, bag\u2018rikenglik, hamkorlik, insonparvarlik, g\u2018amxo\u2018rlik va adolat tamoyillariga asoslanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">22. Rahbariyat va xodimlarning ish faoliyatiga doir masalalar bo\u2018yicha hamkorlik qilishida bir tarafning boshqa tarafga tazyiq o\u2018tkazishiga, adolat tamoyillariga va texnikum manfaatlariga zid bo\u2018lgan harakatlar sodir etishiga yo\u2018l qo\u2018ymaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">23. Lavozim darajalari teng bo\u2018lgan xodimlar o\u2018rtasidagi muammolarni o\u2018zaro hal etish tavsiya etiladi. Lavozim darajalari teng bo\u2018lgan xodimlarning ish jarayonidagi turli muammolarni o\u2018z vakolatlari doirasida, rahbarlarni jalb etmagan holda hal etishlari ma\u2019qullanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">24. Jamoada biror bir masala bilan rahbar xodimlarga murojaat qilish tartibi (subordinatsiya) tamoyili asosida tashkil etiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">25. Xodimlarning texnikumda ma\u2019naviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilash bo\u2018yicha tashabbus va g\u2018oyalari rag\u2018batlantiriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">26. Texnikum rahbariyati xodimlarning kasbiy va intellektual jihatdan rivojlanishlari uchun qulay ish joyi, zamonaviy kompyuterlar, internet tarmog\u2018i, axborot-resurslaridan erkin foydalanishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi.<\/p>\n<p><strong>4-bob. Xodimlarning o\u2018quvchilar bilan ta\u2019lim-tarbiya jarayonidagi o\u2018zaro munosabatlari<\/strong><\/p>\n<p>27. Xodim va o\u2018quvchilarning ta\u2019lim-tarbiya jarayonidagi o\u2018zaro munosabatlari milliy an\u2019analar va o\u2018zaro hurmat tamoyillariga asoslanishi lozim.<\/p>\n<p>Xodimlarning o\u2018quvchilarga nisbatan yuqori talabchanligi ularning shaxsini hurmat qilish bilan birgalikda amalga oshirilishi kerak.<\/p>\n<p>28. Xodim auditoriyaga kirganida, barcha o\u2018quvchilar o\u2018rinlaridan turib salomlashishlari, so\u2018ngra faqat pedagog xodimning ruxsati bilan o\u2018z joylarini egallashlari kerak. Xodim auditoriyadan chiqqanda, o\u2018quvchilar o\u2018rinlaridan turishlari lozim. Shu tariqa o\u2018quvchilar dars mashg\u2018ulotlari vaqtida auditoriyaga kirgan yoshi katta insonlar bilan o\u2018rinlaridan turib salomlashishlari lozim.<\/p>\n<p>29. O\u2018quvchilarning darsga kech qolib kelishlariga yo\u2018l qo\u2018yilmaydi. Lekin, uzrli sababga ko\u2018ra darsga kech qolgan o\u2018quvchi uzr so\u2018rab, pedagog xodimning ijozati bilan joyiga o\u2018tirishi mumkin. Dars mashg\u2018ulotiga kech qolgan o\u2018quvchi faqat pedagog xodimning ruxsati bilan auditoriyaga kiritiladi.<\/p>\n<p>Pedagog xodim dars mashg\u2018ulotlariga nojo\u2018ya harakatlari bilan xalaqit berayotgan o\u2018quvchini yuzaga kelgan vaziyat haqida mutaxassisliklar va kasblar dekanni yoki guruh murabbiyini xabardor qilib, darsdan chetlatishi mumkin.<br \/>\n30. O\u2018quvchi uchun pedagog xodim bilan o\u2018quv mashg\u2018ulotlaridan tashqari vaqtda muloqot qilish zarurati bo\u2018lsa, u holda muloqot:<\/p>\n<p>o\u2018zaro kelishuv bo\u2018yicha belgilangan vaqtda amalga oshirilishi mumkin;<\/p>\n<p>o\u2018quvchi muloqot uchun oldindan kelishilmagan holda pedagog xodimning huzuriga kelsa, u bilan suhbatlashishni talab qilishga ham haqli emas.<\/p>\n<p>31. Asoslantirilgan jiddiy sabablar (qo\u2018pollik, tamagirlik, pedagog xodimning aybi bilan mashg\u2018ulotlar o\u2018tkazilishidagi muntazam uzilish hollarini isbotlovchi dalillar va boshqalar) hamda guruh (kurs)ning yakdil fikri mavjud\u00a0bo\u2018lgandagina, o\u2018quvchilar pedagog xodimni almashtirish haqida texnikum rahbariyatiga murojaat qilishlari mumkin.<\/p>\n<p>32. O\u2018quvchilar fanlardan reyting ballini olishda pedagog xodimga har qanday shakldagi rag\u2018batlantirishni bevosita yoki bilvosita taklif etishi man etiladi.<\/p>\n<p>33. Pedagog xodimlar reyting ballini qo\u2018yish uchun o\u2018quvchidan har qanday shakldagi rag\u2018batlantirishni bevosita yoki bilvosita so\u2018rashi yohud talab qilishi, shuningdek boshqa xodimlar o\u2018quvchiga reyting ballini qo\u2018yib berish masalasida murojaat qilishlariga yo\u2018l qo\u2018yilmaydi.<\/p>\n<p>34. Pedagog xodimlarga o\u2018quvchilar bilimini baholashda har qanday aralashuv, ruhiy yoki jismoniy tazyiq o\u2018tkazish ta\u2019qiqlanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>5-bob. Xodimlarning o\u2018zaro munosabatlari<\/strong><\/p>\n<p>35. Xodimlarning o\u2018zaro munosabatlari yagona jamoa, o\u2018zaro hurmat\u00a0va e\u2019tibor, do\u2018stlik, hamjihatlik, halollik va adolat, o\u2018z huquqlarini suiiste\u2019mol qilmaslik tamoyillariga asoslanishi lozim.<\/p>\n<p>36. Xodimlar munosabatlarida inson qadr-qimmatiga hurmatsizlik qilish, shaxsiyatini kamsitish, o\u2018zganing intellektual mulkini o\u2018zlashtirib olish, qo\u2018pollik, behayo so\u2018zlar ishlatish, mushtlashish, o\u2018zgalarga ma\u2019naviy, moddiy yoki jismoniy ziyon yetkazish qat\u2019iyan man etiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>6-bob. O\u2018quvchilarning o\u2018zaro munosabatlari<\/strong><\/p>\n<p>37. O\u2018quvchilarning o\u2018zaro munosabatlari yagona jamoa, o\u2018zaro hurmat\u00a0va e\u2019tibor, do\u2018stlik, hamjihatlik, halollik va adolat, o\u2018z huquqlarini suiiste\u2019mol qilmaslik tamoyillariga asoslanishi lozim.<\/p>\n<p>38. O\u2018quvchilar munosabatlarida inson qadr-qimmatiga hurmatsizlik qilish, shaxsiyatini kamsitish, laqab qo\u2018yish, o\u2018zganing intellektual mulkini o\u2018zlashtirib olish, qo\u2018pollik, behayo so\u2018zlar ishlatish, mushtlashish, o\u2018zgalarga ma\u2019naviy, moddiy yoki jismoniy ziyon yetkazish, masxara qilish qat\u2019iyan man etiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>7-bob. Xodimlarining odob-axloqqa oid majburiyatlari<\/strong><\/p>\n<p>39. Texnikum xodimlarining odob-axloqqa oid majburiyatlari quyidagilardan iborat:<\/p>\n<p>o\u2018quvchilarga o\u2018rnak bo\u2018lish;<\/p>\n<p>o\u2018z faoliyatini yuksak kasbiy darajada amalga oshirish;<\/p>\n<p>texnikum obro\u2018-e\u2019tibori va nufuziga dog\u2018 tushiradigan har qanday harakatlarni sodir etishdan o\u2018zini tiyish hamda bunday harakatlar sodir etilishining oldini olish;<\/p>\n<p>texnikum to\u2018g\u2018risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obro\u2018siga ziyon yetkazish uchun yoki o\u2018z manfaatlari yo\u2018lida foydalanmaslik;<\/p>\n<p>texnikum mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo\u2018lish (ko\u2018char va ko\u2018chmas mulk, o\u2018simlik va boshqalar), shu jumladan xizmat vazifasini bajarish uchun berilgan orgtexnika vositalari va boshqa materiallaridan to\u2018g\u2018ri va tejamkorona foydalanish;<\/p>\n<p>o\u2018z xizmat joyidagi tartib-intizomga va xizmat hujjatlari bilan ishlash qoidalariga rioya qilish;<br \/>\nelektr energiyasi va suvni tejamkorona ishlatish;<\/p>\n<p>ta\u2019tildan oldin, mehnat shartnomasi tugatilganda o\u2018z xizmat joyini talabga javob beradigan holatda qoldirish, o\u2018z zimmasidagi orgtexnika vositalari va boshqa materiallarni, o\u2018ziga topshirilgan, lekin hali yakunlanmagan vazifalarni boshqa shaxsga topshirish;<\/p>\n<p>noxush voqea yoki hodisa ro\u2018y bersa, u haqda zudlik bilan texnikum rahbariyatiga xabar berish;<br \/>\nodob-axloqqa oid milliy an\u2019ana, urf-odat va qadriyatlarimizni targ\u2018ib qilish;<\/p>\n<p>yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;<\/p>\n<p>yoshlar orasida sog\u2018lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda insoniyat uchun yot bo\u2018lgan ekstremistik ta\u2019sirlardan ogoh etib borish;<\/p>\n<p>o\u2018quvchilarni ma\u2019naviy-axloqiy tarbiyalash va ma\u2019rifiy ishlarning samarali shakl hamda uslublarini ishlab chiqishda ko\u2018maklashishga majbur.<\/p>\n<p>8-bob. O\u2018quvchilarning odob-axloqqa oid majburiyatlari<\/p>\n<p>40. O\u2018quvchilarlarning odob-axloqqa oid majburiyatlari quyidagilardan iborat:<\/p>\n<p>a) texnikum hududida:<\/p>\n<p>tabiatni ifloslantirmaslik, chiqindilarni joylardagi maxsus qo\u2018yilgan qutilarga tashlash;<\/p>\n<p>xodimlar mehnati, sha\u2019ni va g\u2018ururini hurmat qilish;<\/p>\n<p>xodimlar bilan duch kelganda salom berish;<\/p>\n<p>dars mashg\u2018ulotlari vaqtida texnikum hududida va auditoriyadan tashqari joylarda behuda yurmaslik;<\/p>\n<p>texnikum mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo\u2018lish;<\/p>\n<p>mutasaddi xodimlarning ruxsatisiz turli reklama vositalarini osmaslik;<\/p>\n<p>tinchlikni saqlash;<\/p>\n<p>o\u2018z harakatlarini ongli boshqarish;<\/p>\n<p>b) auditoriyada:<\/p>\n<p>uyali aloqa vositalarini o\u2018chirib qo\u2018yish;<\/p>\n<p>dars mashg\u2018uloti vaqtida gaplashmaslik hamda dars mashg\u2018ulotiga taalluqli bo\u2018lmagan ishlar bilan shug\u2018ullanmaslik;<\/p>\n<p>jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo\u2018lish, partalarga yozmaslik;<\/p>\n<p>ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslik;<\/p>\n<p>qog\u2018oz, saqich va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketmaslik;<\/p>\n<p>v) axborot-resurs markazida:<\/p>\n<p>uyali aloqa vositalarini o\u2018chirib qo\u2018yish hamda foydalanmaslik;<\/p>\n<p>axborot-resurs markazi xodimlari bilan xushmuomala bo\u2018lish;<\/p>\n<p>kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo\u2018lish;<\/p>\n<p>baland ovozda so\u2018zlashmaslik va atrofdagilarga xalaqit bermaslik;<\/p>\n<p>ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslik;<\/p>\n<p>qog\u2018oz va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslik;<\/p>\n<p>kitoblarni olish va topshirish hamda axborot-resurs markazidan foydalanish qoidalariga rioya qilish;<\/p>\n<p>g) ovqatlanish joylarida:<\/p>\n<p>etiket qoidalariga rioya etish va boshqa fuqarolarga qo\u2018pol muomalada bo\u2018lmaslik;<\/p>\n<p>boshqalarning mulkiga zarar yetkazmaslik hamda tozalik va tartibga rioya qilish;<\/p>\n<p>taomlarga buyurtma berishda va olishda navbat tartibiga rioya qilish;<\/p>\n<p>ovqatlanish vaqtida shovqin qilmaslik;<\/p>\n<p>ovqatlanish joyida belgilangan tartib-qoidalar rioya qilish;<\/p>\n<p>d) sport majmusida:<\/p>\n<p>sport majmuasiga xos bo\u2018lgan kiyim va poyafzallarda kirish;<\/p>\n<p>sport inventarlariga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo\u2018lish;<\/p>\n<p>mashg\u2018ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirish;<\/p>\n<p>sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga rioya qilish.<\/p>\n<p>ye) madaniyat saroyi, faollar zali va boshqa ommaviy tadbirlar o\u2018tkazish joylarida:<\/p>\n<p>o\u2018rindiq va boshqa jihozlarga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo\u2018lish;<\/p>\n<p>hushtak chalmaslik, baqirmaslik, tadbir tugashidan oldin sababsiz chiqib ketmaslik;<\/p>\n<p>uxlamaslik, o\u2018rindiqlarga yotib olmaslik, bir-biri bilan baland ovozda gaplashmaslik, telefonda so\u2018zlashmaslik, yon-atrofdagilarga xalaqit bermaslik.<\/p>\n<p>41. Texnikum o\u2018quvchisi:<\/p>\n<p>texnikum o\u2018quvchisi degan nomga munosib o\u2018qishi;<\/p>\n<p>texnikum diplomini olish uchun emas, balki haqiqiy bilim olish uchun o\u2018qishi;<\/p>\n<p>nutq madaniyatini doimiy takomillashtirishi;<\/p>\n<p>turli davralarda o\u2018zining namunaviy xulqi va bilimi bilan texnikum haqida yuksak ijobiy taassurot qoldirish uchun intilishi;<\/p>\n<p>o\u2018quvchilar o\u2018z-o\u2018zini boshqarish tizimini faol qo\u2018llab-quvvatlash va mustahkamlash, o\u2018quvchilik ijodiy faoliyat faolligini rivojlantirish (ta\u2019lim, sport, badiiy va boshqalar), korporativ madaniyatni o\u2018stirishi;<\/p>\n<p>doimo komillikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarni chuqur anglashi;<br \/>\ntexnikum manfaati, uning sha\u2019ni va shonli an\u2019analari, obro\u2018si hamda nufuzi to\u2018g\u2018risida qayg\u2018urish, ularni saqlab qolishga jonkuyarlik qilish\u00a0va ularga hurmat bilan munosabatda bo\u2018lishi;<\/p>\n<p>jamoat xavfsizlik manfaatlaridan kelib chiqib, imkon darajasida texnikumga jamoat transportida kelishi;<br \/>\ntanqidiy mulohazalarni ob\u2019ektiv qabul qilishga va bildirishga,\u00a0o\u2018z xato va kamchiliklarini anglash va bartaraf etishi;<\/p>\n<p>rahbariyat va xodimlarning mazkur qoidalarni bajarish to\u2018g\u2018risidagi talablarini gap talashmasdan, zudlik bilan bajarishi shart.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>9-bob. Texnikum xodimlari va o\u2018quvchilariga man etiladigan qoidalar<\/strong><\/p>\n<p>42. Texnikum xodimlariga:<\/p>\n<p>o\u2018z shaxsiy foydasi hamda o\u2018zgalar manfaatini ko\u2018zlab xizmat lavozimini suiiste\u2019mol qilish;<\/p>\n<p>xodimlar, o\u2018quvchilarning shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish, o\u2018zgalarning shaxsiy va oilaviy muammolarini muhokama qilish;<\/p>\n<p>hech bir shaxs haqida irqi, e\u2019tiqodi, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, holati va lavozimi, tili va boshqa xususiyatlaridan qat\u2019iy nazar noto\u2018g\u2018ri fikr yuritish va uni kamsitish (so\u2018z yoki harakat orqali);<\/p>\n<p>rahbariyat va xodimlar, o\u2018quvchilar hamda o\u2018zgalar ustidan turli ig\u2018vo, g\u2018iybat va bo\u2018htonlar uyushtirish va tarqatish;<br \/>\no\u2018quvchilar bilan o\u2018z hamkasabalarining kasbiy va shaxsiy kamchiliklarini muhokama qilish;<\/p>\n<p>rahbariyat qarorlarini sharhlash va ularni shubha ostiga olish;<\/p>\n<p>xizmat majburiyatlarini bajarishda manfaatlar to\u2018qnashuvini yashirish;<\/p>\n<p>o\u2018z xizmat majburiyatini bajarishda har qanday xodimga nisbatan shubhali holatni keltirib chiqaruvchi nizoli vaziyatlarga yo\u2018l qo\u2018yish, xodim obro\u2018si yoki texnikum nufuziga putur yetkazish;<\/p>\n<p>o\u2018quvchilarni asossiz o\u2018quv mashg\u2018ulotlaridan chiqarib yuborish, o\u2018quvchini texnikum o\u2018quvchilar safidan chetlashtirish bilan qo\u2018rqitish yohud o\u2018quvchining sha\u2019ni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish natijasida uni o\u2018qishini tashlash darajasiga yetkazish;<\/p>\n<p>dars mashg\u2018ulotlarida tijorat reklamasini o\u2018tkazish;<\/p>\n<p>sovg\u2018a-salom berishga majbur qilish, xizmat vazifasini bajarish doirasida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rag\u2018batlantirish (sovg\u2018a, pul, ssuda, turli xizmat turlari, maishat, dam olishlar, transport harajatlarini to\u2018lash va boshqa sovg\u2018alar olish) qabul qilish yoki unga rozi bo\u2018lish (qachonki rag\u2018batlantiruvchi shaxs (sovg\u2018a beruvchi) bevosita yoki bilvosita xodimni rag\u2018batlantirish orqali manfaat ko\u2018zlaganda, mansab majburiyatlarini bajarishda unga ta\u2019sir o\u2018tkazishi haqida xulosa qilish mumkin);<\/p>\n<p>diniy tashviqot olib borish;<\/p>\n<p>texnikum o\u2018quvchilari bilan har qanday moliya-iqtisodiy munosabatga kirishish (amaldagi qonunchilik asosidagi harakat bundan mustasno);<\/p>\n<p>shaxsiy avtomobilni taqiqlangan joyda qoldirish, yo\u2018l harakati qoidalarini mensimaslik (beparvo bo\u2018lish), shuningdek transport vositalaridan foydalanishda xavf-xatar yaratish va boshqalar tinchligini buzuvchi holatlarga yo\u2018l qo\u2018yish;<br \/>\nspirtli ichimliklar ichish yoki ishga mast, soch-soqol olinmagan va kiyinish talabiga rioya qilmagan holda kelish;<br \/>\nshaxsiy manfaat va maqsadlarini hal qilish maqsadida texnikum rahbariyati va xodimlarning uyiga borish (shu jumladan tahdid qilish);<\/p>\n<p>qimor yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa o\u2018yinlarni tashkillashtirish yoki ishtirok etish;<\/p>\n<p>rahbariyat, hodim va o\u2018quvchilar haqida haqiqatga to\u2018g\u2018ri kelmaydigan yoki noto\u2018g\u2018ri talqin qilingan ma\u2019lumotlarni tarqatish qat\u2019iyan ta\u2019qiqlanadi.<\/p>\n<p>43. O\u2018quvchiga:<\/p>\n<p>o\u2018z shaxsiy foydasi yoki o\u2018zgalar manfaatini ko\u2018zlab, o\u2018z mavqeini suiiste\u2019mol qilish;<\/p>\n<p>xodimlarga qo\u2018pollik qilish, dars mashg\u2018ulotlari vaqtida asossiz gapirish;<\/p>\n<p>xodimlar bilan boshqa o\u2018quvchilarning bahosini muhokama qilish;<\/p>\n<p>yolg\u2018on gapirib xodimlarni chalg\u2018itish;<\/p>\n<p>xodimlar va o\u2018z tengdoshlariga nisbatan hurmatsizlik qilish;<\/p>\n<p>texnikum xodimlari bilan har qanday moliya-iqtisodiy munosabatga kirishish (qonunchilik asosidagi harakat bundan mustasno);<\/p>\n<p>yozma ishlarni himoya qilish, reyting nazoratiga doir boshqa tartib-taomillarni bajarish yoki yakuniy davlat attestatsiya vaqtida chetdan yordam olish, o\u2018zgalarga yordam ko\u2018rsatish;<\/p>\n<p>boshqa shaxslar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o\u2018z nomidan topshirish;<\/p>\n<p>dars mashg\u2018ulotlarni o\u2018tkazib yuborish yoki darslarga kechikib kelish, uzrli sabablarsiz darslarni qoldirish;<\/p>\n<p>dars mashg\u2018ulotlari vaqtida va ular tugagandan keyin pedagog xodimning ruxsatisiz auditoriyadan chiqib ketish (shuningdek, chiqishga shay bo\u2018lish);<\/p>\n<p>dars mashg\u2018ulotlari o\u2018tayotgan vaqtda mutaxassislik va kasblar bo\u2018yicha dekan, guruh murabbiyining ruxsatisiz texnikum va uning hududini tark etish;<\/p>\n<p>boshqa o\u2018quvchining sa\u2019y-harakatlariga qasddan ziyon yetkazish;<\/p>\n<p>moddiy jihatdan yaxshi ta\u2019minlanganligini turli yo\u2018llar bilan\u00a0ko\u2018z-ko\u2018z qilish;<\/p>\n<p>shaxsiy avtomashinasini mumkin bo\u2018lmagan joylarda qoldirish,<\/p>\n<p>yo\u2018l harakati qoidalarini mensimaslik (beparvo bo\u2018lish), shuningdek transport vositalaridan foydalanishda xavf-xatar yaratish va boshqalar tinchligini buzuvchi holatlarga yo\u2018l qo\u2018yish;<\/p>\n<p>texnikumga mast, soch-soqol olinmagan va kiyinish talabiga rioya qilmagan holda kelish;<\/p>\n<p>texnikum hududiga belgilanmagan joylardan kirish (jumladan panjara, devordan oshish va boshqalar);<\/p>\n<p>texnikum binolari va hovlisida, shuningdek texnikum binolaridan tashqarida spirtli ichimliklar ichish va chekish qat\u2019iyan man etiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>10-bob. Rag\u2018batlantirish va intizomiy choralar ko\u2018rish tartibi<\/strong><\/p>\n<p>44. O\u2018quv yili davomida mazkur Qoidalarga to\u2018la rioya qilgan, texnikumda yuksak ma\u2019naviy-axloqiy muhitning yanada qaror topishi va mustahkamlanishiga xizmat qilgan xodim va o\u2018quvchilar \u2013 rahbariyat va boshqa tarkibiy tuzilmalar rahbarlari tavsiyasiga binoan, belgilangan tartibga muvofiq moddiy yoki ma\u2019naviy rag\u2018batlantirilishi mumkin.<\/p>\n<p>45. Xodim yoki o\u2018quvchilar mazkur Qoidalarni buzganida, ularga nisbatan texnikum Ichki tartib-qoidalarida qayd etilgan choralar qo\u2018llaniladi.<\/p>\n<p>Texnikum xodimlari tomonidan ushbu Qoidalarni buzganlik haqidagi ma\u2019lumot Kadrlar bo\u2018limi tomonidan qabul qilinadi va direktor bilan ko\u2018rib chiqiladi. Ushbu Qoidalarga o\u2018quvchilar tomonidan rioya etilmasa,<br \/>\nbu holat direktor, direktorning yoshlar bilan ishlash bo\u2018yicha o\u2018rinbosari hamda dekan va guruh murabbiylari ishtirokida ko\u2018rib chiqiladi.<\/p>\n<p>Mazkur Qoidalarga rioya etmagan texnikum xodimiga nisbatan intizomiy javobgarlikka tortish va chora ko\u2018rish Kadrlar bo\u2018limi, o\u2018quvchisiga nisbatan direktorning yoshlar bilan ishlash bo\u2018yicha o\u2018rinbosari tomonidan tegishli hujjatlar tayyorlanadi.<\/p>\n<p>Xodim yoki o\u2018quvchining xulq-atvori ustidan jamoatchilik nazoratini ta\u2019minlash maqsadida, mazkur Qoidalarga rioya etilmaganlik holatlari Kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi, O\u2018zbekiston yoshlar ittifoqi va Xotin-qizlar qo\u2018mitasi boshlang\u2018ich tashkilotlarida ham muhokama qilish amaliyoti joriy etilishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>11-bob. Yakuniy qoida<\/strong><\/p>\n<p>46. O\u2018qishga yoki ishga qabul qilinayotgan har bir shaxs mazkur Qoidalar bilan tanishib chiqishi hamda unga rioya qilishini o\u2018z zimmasiga olib, imzo qo\u2018yishi shart.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Farg\u2018ona viloyati yuridik texnikumining ODOB-AXLOQ QOIDALARI 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur qoidalar O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 oktyabrdagi \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida o\u2018qishni tashkil qilish choralari to\u2018g\u2018risida\u201dgi 858-son qarori, O\u2018zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018 yil 7 iyundagi \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarida kadrlar bilan ishlash tartibiga [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/293"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=293"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/293\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":305,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/293\/revisions\/305"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=293"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}