{"id":57,"date":"2020-10-31T22:45:07","date_gmt":"2020-10-31T17:45:07","guid":{"rendered":"http:\/\/fyut.uz\/?page_id=57"},"modified":"2022-09-16T15:46:55","modified_gmt":"2022-09-16T10:46:55","slug":"yuridik-klinika","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/fyut.uz\/?page_id=57","title":{"rendered":"Yuridik klinika"},"content":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Farg\u2018ona viloyati yuridik texnikumining \u201cYuridik klinika\u201dsi loyihasi doirasida tashkil etilgan.<\/p>\n<p>Yuridik klinika jismoniy va yuridik shaxslarga beg\u2018araz yuridik maslahatlar ko\u2018rsatish bilan bog\u2018liq faoliyatni amalga oshiradi. Yuridik klinika faoliyati jamoatchilik qabulxonasi shaklida tashkil etilgan bo\u2018lib, bunda o\u2018quvchilar pedagog xodim (advokat) rahbarligida huquqiy masalalar yuzasidan fuqarolar qabulini amalga oshiradi va ularga kerakli huquqiy maslahatlarni ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p>Aholi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yuridik klinika huquqning alohida tarmog\u2018iga ixtisoslashgan holda yoki umumiy huquq masalalari bo\u2018yicha maslahatlar berishi mumkin.<\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/t.me\/fergana_yuridik_klinika_bot\">https:\/\/t.me\/fergana_yuridik_klinika_bot<\/a><\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/t.me\/fergana_yuridik_klinika\">https:\/\/t.me\/fergana_yuridik_klinika<\/a><\/p>\n<h3><\/h3>\n<h3 style=\"text-align: right;\"><strong>Farg\u2019ona viloyati yuridik texnikumi direktorining <\/strong><\/h3>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>2020 yil 15 oktyabrdagi 58-um-son buyrug\u2019iga<br \/>\n5-ilova<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<h3 style=\"text-align: center;\"><strong>Farg\u2019ona viloyati yuridik texnikumining Yuridik klinikasi to\u2019g\u2019risida<\/strong><\/h3>\n<h3 style=\"text-align: center;\"><strong>NIZOM<\/strong><\/h3>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><strong>1-bob. Umumiy qoidalar<\/strong><\/p>\n<ol>\n<li>Farg\u2019ona viloyati yuridik texnikumining (keyingi o\u2019rinlarda texnikum deb yuritiladi) Yuridik klinikasi (keyingi o\u2019rinlarda klinika deb yuritiladi) texnikumning tarkibiy bo\u2019linmasi hisoblanib, o\u2019quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg\u2019unligini tahminlash, o\u2019quvchilarda amaliy ko\u2019nikmalarni rivojlantirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga beg\u2019araz yuridik maslahatlar ko\u2019rsatish bilan bog\u2019liq faoliyatni amalga oshiradi.<\/li>\n<li>Klinika o\u2019z faoliyatini O\u2019zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, O\u2019zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaror va farmoyishlariga, O\u2019zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy va o\u2019rta maxsus tahlim vazirligining hayhat qarorlari va buyruqlari, texnikum Ustavi, texnikum Kengashi qarorlari, texnikum direktorining buyruqlari hamda mazkur nizomga muvofiq olib boradi.<\/li>\n<li>Klinika bevosita texnikum direktorining o\u2019quv ishlari bo\u2019yicha birinchi o\u2019rinbosariga bo\u2019ysunadi.<\/li>\n<li>Klinikada jismoniy va yuridik shaxslarga ko\u2019rsatiladigan yuridik yordam beg\u2019araz amalga oshiriladi.<\/li>\n<\/ol>\n<p><strong>2-bob. Klinikaning vazifa va funktsiyalari<\/strong><\/p>\n<ol start=\"5\">\n<li>Klinikaning asosiy maqsadi o\u2019quvchilarda amaliy ko\u2019nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish hamda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan iborat.<\/li>\n<li>Quyidagilar Klinikaning asosiy vazifalari hisoblanadi:<\/li>\n<\/ol>\n<p>davlat va xo\u2019jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura hamda boshqa tashkilotlar bilan o\u2019zaro hamkorlikda o\u2019quvchilarni nazariy bilimlarining amaliyot bilan uyg\u2019unligini tahminlash;<\/p>\n<p>jismoniy va yuridik shaxslarga beg\u2019araz yuridik yordam ko\u2019rsatish; o\u2019quvchilarning yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlash ko\u2019nikmalarini shakllantirish orkali yuridik sohadagi professional tayyorgarlik darajasini oshirish;<\/p>\n<p>klinikaning faoliyatiga oid materiallarni o\u2019quv jarayoniga tatbiq etish.<\/p>\n<ol start=\"7\">\n<li>Klinika o\u2019ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:<\/li>\n<li>a)\u00a0davlat va xo\u2019jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura hamda boshqa tashkilotlar bilan o\u2019zaro hamkorlikda o\u2019quvchilarni nazariy bilimlarining amaliyot bilan uyg\u2019unligini tahminlash borasida:<\/li>\n<\/ol>\n<p>klinikada o\u2019quvchilarni faoliyat ko\u2019rsatishlarini tashkil etish yuzasidan tashkiliy choralarni ko\u2019rish;<\/p>\n<p>texnikumning pedagog xodimlarini klinika faoliyatiga jalb qilish;<\/p>\n<p>davlat va xo\u2019jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura hamda boshqa tashkilotlar bilan o\u2019zaro hamkorlikni yo\u2019lga qo\u2019yish va shu orkali amaliyotchi mutaxassislarni klinika faoliyatiga keng jalb etish;<\/p>\n<p>o\u2019quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uzviy bog\u2019liqligini tahminlash maqsadida ularni davlat va xo\u2019jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura hamda boshqa tashkilotlar ish faoliyati bilan tanishishlari uchun jalb qilish;<\/p>\n<p>klinikada faoliyat ko\u2019rsatayotgan o\u2019quvchilar o\u2019rtasida tanlovlar o\u2019tkazish va ularni rag\u2019batlantirish;<\/p>\n<ol>\n<li>b)\u00a0jismoniy va yuridik shaxslarga beg\u2019araz yuridik yordamni ko\u2019rsatish borasida:<\/li>\n<\/ol>\n<p>jismoniy va yuridik shaxslarning yuridik maslahat olish to\u2019g\u2019risidagi murojaatlarini o\u2019zvaqtida va sifatli ko\u2019rib chiqilishini tahminlash;<\/p>\n<p>yuridik va jismoniy shaxslar uchun sayyor huquqiy maslahatlar tashkil qilish orqali yuridik yordam ko\u2019rsatish qamrovini kengaytirish;<\/p>\n<p>jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati xususiyati va murakkabligidan kelib chiqib, ularni hal etish uchun tegishli davlat va xo\u2019jalik boshqaruvi organlarigv ularning hududiy tuzilmalariga, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatlik tuzilmalariga murojaat qilish lozimligi to\u2019g\u2019risida tavsiyalar berish;<\/p>\n<p>jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko\u2019rib chiqish natijasida ularga huquqiy maslahatlar berish, lozim bo\u2019lganda davlat va xo\u2019jalik boshqaruvi organlari, ularning hududiy tuzilmalari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa tashkilotlarga qilinishi lozim bo\u2019lgan murojaatlar loyihalarini shakllantirishga ko\u2019maklashish;<\/p>\n<p>zarur hollarda murojaatlarning xususiyatidan kelib chiqib, mualliflarga asoslantirilgan javob berish maqsadida pedagog va boshqa xodimlardan maslahat olish;<\/p>\n<p>klinika faoliyati haqida aholini xabardorligini oshirish maqsadida reklama va targ\u2019ibot faoliyatini muntazam ravishda yo\u2019lga qo\u2019yish;<\/p>\n<ol>\n<li>v)\u00a0o\u2019quvchilarning yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlash ko\u2019nikmalarini shakllantirish orqali yuridik sohadagi professional tayyorgarlik darajasini oshirish borasida:<\/li>\n<\/ol>\n<p>o\u2019quvchilarni murojaat kilgan shaxslar bilan muloqotlar olib borish, ularga yuridik yordam ko\u2019rsatish hamda huquqiy masalalarga oid xulosalar tayyorlash bo\u2019yicha ko\u2019nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o\u2019quv-metodik materiallar, savol-javoblar tayyorlash;<\/p>\n<p>klinikada amaliyot o\u2019tayotgan o\u2019quvchilarda yurist kasb etikasi va kasbiy malakani shakllantirishga qaratilgan seminar-treninglar o\u2019tkazish;<\/p>\n<p>o\u2019quvchilarni jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari bilan intervg\u2019yu o\u2019tkazish, muammoni aniqlash, tegishli normativ-huquqiy bazani tahlil qilish hamda yuridik xulosa yozish ko\u2019nikmalarini tizimli ravishda oshirib borish;<\/p>\n<p>amaliyotchi mutaxassislar ishtirokida murojaatlar bo\u2019yicha aniqlangan huquqiy muammolarni hal qilishga qaratilgan o\u2019quvchilar o\u2019rtasida bahs-munozalar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa innovatsion muhokama usullari tashkil qilish hamda shu orqali o\u2019quvchilarda tahlil qilish hamda huquq normalarini sharhlash ko\u2019nikmalarini rivojlantirish;<\/p>\n<ol>\n<li>g) klinikaning faoliyatiga oid materiallarni o\u2019quv jarayoniga tatbiq etish borasida:<\/li>\n<\/ol>\n<p>klinikaning faoliyatiga oid umumlashma materiallar tayyorlash va ularni o\u2019quv jarayoniga tatbiq etish uchun kafedralarga taqdim etib borish;<\/p>\n<p>klinika faoliyatini yanada takomillashtirish, xususan o\u2019quv, ilmiy va boshqa adabiyotlar, shu jumladan xorijiy adabiyotlar fondi, klinik tahlim uchun zarur texnik vositalar, shuningdek elektron axborot-huquqiy va tahlim resurslarini yangilab borish yuzasidan takliflar berish.<\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><strong>3-bob. Klinikaning huquq va majburiyatlari<\/strong><\/p>\n<ol start=\"8\">\n<li>Klinika o\u2019z zimmasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:<\/li>\n<\/ol>\n<p>klinika faoliyatini istikbolli rivojlantirish bo\u2019yicha takliflar ishlab chikib, texnikum rahbariyatiga kiritish;<\/p>\n<p>dekanat, kafedralar va boshqa tarkibiy bo\u2019linmalardan klinika faoliyatiga taalluqli materiallar va mahlumotlarni so\u2019rab olish;<\/p>\n<p>klinika faoliyatini samarali tashkil qilishda o\u2019zini munosib hissasini qo\u2019shgan, yutuklarga erishgan, fidoyilik namunasini ko\u2019rsatgan xodimlarni rag\u2019batlantirish yuzasidan texnikum rahbariyatiga takliflar kiritish;<\/p>\n<p>kilinika tomonidan tashkil kilinadigan tadbirlarga amaliyotchi mutaxassislarni, texnikum tarkibiy bo\u2019linmalari xodimlarini kelishuvga asosan jalb qilish;<\/p>\n<p>klinika qonun xujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo\u2019lishi mumkin.<\/p>\n<ol start=\"9\">\n<li>Klinika o\u2019z zimmasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarishi davomida quyidagi majburiyatlarga ega:<\/li>\n<\/ol>\n<p>texnikum Kengashining qarorlari va direktorining buyruqlari bilan klinikaga yuklatilgan vazifalar ijrosini tahminlash;<\/p>\n<p>texnikum rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni o\u2019z vaqtida va sifatli bajarish;<\/p>\n<p>o\u2019quvchilarning nazariy va amaliy ko\u2019nikmalarini oshirish bo\u2019yicha takliflar ishlab chiqish;<\/p>\n<p>faoliyatining barcha yo\u2019nalishlari bo\u2019yicha yuqori samaradorlikni tahminlash;<\/p>\n<p>vakolati doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o\u2019z vaqtida va sifatli ko\u2019rib chiqish;<\/p>\n<p>jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari uchun belgilangan tartibda shaxsiy qabullarni tashkil qilish;<\/p>\n<p>mehnat va ijro intizomi xamda xizmat vazifalariga rioya qilish, yillik ish rejalarning bajarilishini tahminlash;<\/p>\n<p>texnikumning ichki tartib-qoidalari va texnikum odob-axlok qoidalariga rioya etish.<\/p>\n<p>Klinikaga konun xujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar xam yuklatilishi mumkin.<\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><strong>4-bob. Klinika faoliyatini tashkil etish<\/strong><\/p>\n<ol start=\"10\">\n<li>Klinikaga texnikum direktori tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan yetakchi mutaxassis rahbarlik qiladi.<\/li>\n<li>Kilinika faoliyatiga amaliyotchi mutaxassislar, texnikum tarkibiy bo\u2019linmalari xodimlarini kelishuvga asosan jalb qilinishi mumkin.<\/li>\n<\/ol>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><strong>5-bob. Klinikaga o\u2019quvchilarni qabul qilish, ular faoliyatini tashkil qilish hamda klinika ahzoligidan chiqarish tartibi<\/strong><\/p>\n<ol start=\"12\">\n<li>Klinikaga, qoida tariqasida, kurs dekani va kafedralar tavsiyasi bilan 1-kursning ikkinchi semestridan boshlab kunduzgi tahlim yunalishidagi o\u2019quvchilar jalb etilishi mumkin.<\/li>\n<li>Klinikada faoliyat olib borish istagida bo\u2019lgan o\u2019quvchilar klinika rahbari nomiga 1-ilovaga muvofiq ariza yozadilar va ular suhbat asosida klinikaga qabul qilinadi.<\/li>\n<li>Suhbat texnikum direktori buyrug\u2019i bilan tashkil etiladigan komissiya tomonidan o\u2019tkaziladi.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Suhbat natijalari o\u2019quvchiga ballarni qo\u2019yishni (0 dan 100 gacha) nazarda tutadigan reyting tizimi bo\u2019yicha aniqlanadi hamda komissiya majlisining bayonida qayd etiladi.<\/p>\n<p>O\u2019quvchilar suhbat jarayonida akademik o\u2019zlashtirish va xorijiy tillarni bilish darajasi, murojaat qiluvchi shaxs bilan muomala qilish madaniyati, tashabbuskorligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash darajasi, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug\u2019ullanishi hamda shu kabi boshqa mezonlar asosida baholanadi.<\/p>\n<ol start=\"15\">\n<li>Suhbat o\u2019tkazish jadvallari direktorning o\u2019quv ishlari bo\u2019yicha birinchi o\u2019rinbosari tomonidan tasdiqlanadi va texnikum veb-saytida va klinikaning ijtimoiy tarmoqlarida, qoida tariqasida, suhbat boshlanishidan o\u2019n kun oldin joylashtiriladi.<\/li>\n<li>O\u2019quvchilarni klinikaga qabul qilish quyidagi xollarda amalga oshirilmaydi:<\/li>\n<\/ol>\n<p>jadval bo\u2019yicha suhbatga kelmaganda (0 ball quyiladi);<\/p>\n<p>suhbatda belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball to\u2019plaganda.<\/p>\n<ol start=\"17\">\n<li>Suhbat natijalari u yakunlangan kunning o\u2019zida ehlon qilinadi va direktorning o\u2019quv ishlari bo\u2019yicha birinchi o\u2019rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Suhbat yakuniga ko\u2019ra klinikaga jalb qilingan o\u2019quvchilar Klinika rahbari tomonidan tegishli sektsiyalarga taqsimlanadi.<\/p>\n<p>Har bir pedagog xodimga biriktiriladigan o\u2019quvchilarning eng ko\u2019p soni 10 nafardan oshmasligi lozim.<\/p>\n<ol start=\"18\">\n<li>Klinikaga qabul qilingan o\u2019quvchilar quyidagilarga:<\/li>\n<\/ol>\n<p>mazkur nizom va uning asosida qabul qilingan klinikaning hujjatlariga qathiy rioya qilishga;<\/p>\n<p>klinika faoliyatida faol ishtirok etish va ichki tartib qoidalariga qathiy rioya qilishga;<\/p>\n<p>klinika rahbari va biriktirilgan pedagog xodimning ko\u2019rsatmalariga rioya qilish va klinika faoliyatiga oid topshiriqlarni o\u2019z vaqtida hamda sifatli bajarishga;<\/p>\n<p>murojaat qiluvchi shaxslar bilan odob-ahloq qoidalariga asosan yaxshi munosabatda bo\u2019lish, o\u2019z ustida doimiy ishlash va amaliy ko\u2019nikmalarini oshirishga;<\/p>\n<p>klinikada tashkil kilingan bahs-munozaralar, seminar-treninglar va o\u2019quv-sud mashg\u2019ulotlarida ishtirok etishga;<\/p>\n<p>o\u2019z faoliyati samaradorligi xakida axborot berib borishga;<\/p>\n<p>fuqarolarni qabul qilish qoidalariga qathiy rioya qilish, belgilangan jadvalga asosan navbatchilikni o\u2019tkazishga majbur.<\/p>\n<ol start=\"19\">\n<li>O\u2019quvchilar klinikada auditoriya darslaridan bo\u2019sh vaqtlarida va amaliyot davrida belgilangan jadval asosida faoliyat ko\u2019rsatadilar.<\/li>\n<\/ol>\n<p>O\u2019quvchilar klinikadagi faoliyati davrida o\u2019rgangan murojaatlari va ularni hal qilishga oid hujjatlar to\u2019plamini tayyorlaydilar.<\/p>\n<p>O\u2019quvchi klinikadagi faoliyati yuzasidan klinika rahbariga yakuniy hisobot taqdim etadi. Ushbu hisobotda klinik tahlim jarayonida amalga oshirilgan ishlar, qanday professional ko\u2019nikmalarni o\u2019zlashtirganligi, ko\u2019rib chiqilgan murojaatlar va ularning yechimlari hamda klinika faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan aniq takliflar aks etishi lozim.<\/p>\n<ol start=\"20\">\n<li>Klinikada faoliyat ko\u2019rsatgan o\u2019quvchilarga texnikum Kengashi tomonidan belgilangan modullar bo\u2019yicha kreditlar ajratiladi.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Klinika rahbarining tavsiyasiga ko\u2019ra klinika faoliyatida to\u2019liq qatnashgan o\u2019quvchilarga Klinikada faoliyat yuritganligini tasdiqlovchi sertifikat beriladi.<\/p>\n<p>Sertifikat texnikum direktori tomonidan imzolanadi.<\/p>\n<ol start=\"21\">\n<li>O\u2019quvchi quyidagi xollarda klinika ahzolari safidan chiqariladi:<\/li>\n<\/ol>\n<p>muntazam ravishda (kamida ikki marotaba) mazkur nizom qoidalarini buzsa yoki o\u2019z vazifalariga mashuliyatsizlik bilan yondashsa;<\/p>\n<p>muntazam ravishda (kamida ikki marotaba) murojaat qiluvchi shaxslar bilan muomala qilish va texnikum odob-axlok qoidalarini buzsa yoki huquqiy maslahatlardan moddiy yoki boshqa naf ko\u2019rishga harakat qilsa;<\/p>\n<p>o\u2019quvchilar safidan chiqarilsa;<\/p>\n<p>semestr yakuni bo\u2019yicha ikki va undan ortiq modullardan akademik qarzdor bo\u2019lsa;<\/p>\n<p>o\u2019quvchining klinikada to\u2019lik faoliyat yuritishi uchun to\u2019siq bo\u2019ladigan holatlar yuzaga kelsa (uzoq muddatli kasalligi va boshqa oilaviy sharoitlar);<\/p>\n<p>muntazam ravishda (kamida ikki marotaba) o\u2019zi biriktirilgan pedagog xodimning nazoratisiz, o\u2019zboshimchalik bilan murojaat qiluvchi shaxslarga huquqiy maslahatlar ko\u2019rsatsa;<\/p>\n<p>klinikada hujjatlar va axborotlar maxfiyligiga oid qoidalarni bir marotaba buzsa;<\/p>\n<p>uzrli sabablarsiz klinikaga kelmasa yoki navbatchilikni o\u2019tkazib yuborsa;<\/p>\n<p>klinika ahzosi safidan chiqarish hakida o\u2019z xohishiga ko\u2019ra ariza yozsa.<\/p>\n<ol start=\"22\">\n<li>O\u2019quvchini klinika ahzolari safidan chiqarish klinika rahbarining bildirgisi asosida direktorning o\u2019quv ishlari bo\u2019yicha birinchi o\u2019rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.<\/li>\n<\/ol>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><strong>6-bob. <\/strong><strong>Klinikada yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan<\/strong> <strong>ishlash tartibi<\/strong><\/p>\n<ol start=\"23\">\n<li>Klinikada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash quyidagi shakllarda tashkil qilinadi:<\/li>\n<li>a)\u00a0jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillariga shaxsiy uchrashuvlar davrida huquqiy maslahatlar berish.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Mazkur huquqiy maslahat berish shaklida murojaatchi kilinikaga shaxsan o\u2019zi tashrif buyuradi va klinika pedagog xodimi rahbarligida o\u2019quvchi tomonidan dastlabki suhbat o\u2019tkaziladi. Qabul jarayonida o\u2019quvchi murojaatchiga savollar beradi, tegishli xujjatlar bilan tanishib chiqadi va mazkur nizomning 27-bandida belgilangan tartibda huquqiy maslahat beradi;<\/p>\n<ol>\n<li>b)\u00a0jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillariga masofaviy huquqiy maslahatlar berish.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Ushbu huquqiy maslahat berish shaklida pedagog xodimlar va o\u2019quvchilar tomonidan klinikaning elektron pochta manzili, ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga yoki pochta orqali kelib tushgan murojaatlari o\u2019rganib chiqiladi va ularga belgilangan tartibda javob xatlari yuboriladi;<\/p>\n<ol>\n<li>v)\u00a0jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari tomonidan telefon orqali kelib tushgan murojaatlar yuzasidan huquqiy maslahat berish.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Ushbu huquqiy maslahat berish shaklida klinikaning doimiy faoliyat ko\u2019rsatadigan telefon raqamlariga (\u201cHot Line\u201d) kelib tushgan murojaatlar tasdiqlangan navbatchilikka asosan o\u2019quvchilar tomonidan qabul qilinadi va ularga tezkor javob beriladi. Odatda ushbu shakldagi huquqiy maslahatlar murakkab bo\u2019lmagan oddiy savollarga beriladi, agar murojaatda ko\u2019tarilgan masala murakkab va o\u2019rganish talab qilinsa, murojaat qiluvchi shaxsga klinikaga shaxsiy qabulga yozilish tavsiya qilinadi;<\/p>\n<ol>\n<li>g)\u00a0sayyor qabullar tashkil qilish orkali huquqiy maslahatlar berish:<\/li>\n<\/ol>\n<p>Klinika tomonidan avvaldan ishlab chiqilgan reja asosida klinika rahbari, pedagog xodimlar va o\u2019quvchilar tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari uchun sayyor qabullar tashkil qilinishi mumkin. Sayyor qabulni o\u2019tkazish rejasi texnikum direktori tomonidan tasdiqlanadi.<\/p>\n<ol start=\"24\">\n<li>Klinikada jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali ishlab chiqiladi hamda klinika rahbari tomonidan tasdiqlanadi.<\/li>\n<li>Huquqiy maslahat olish uchun murojaat qiluvchi shaxs o\u2019z shaxsini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etgan holda 2-ilovaga muvofiq yozma rozilik arizasini taqdim etadi.<\/li>\n<li>O\u2019quvchi murojaat qiluvchi shaxs bilan quyidagi bosqichlarda ish olib boradi:<\/li>\n<\/ol>\n<p>murojaatni ro\u2019yxatga olish (3-ilova);<\/p>\n<p>suhbat o\u2019tkazish va murojaat qiluvchi shaxsni eshitish;<\/p>\n<p>muammoni aniqlash va uni ustida huquqiy tadqiqot o\u2019tkazish;<\/p>\n<p>murojaatga javob tayyorlash;<\/p>\n<p>huquqiy maslahat berish;<\/p>\n<p>huquqiy maslahat yakuni yuzasidan qayd varag\u2019ini to\u2019ldirish (4-ilova).<\/p>\n<ol start=\"27\">\n<li>Klinikada jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, ular bilan suhbat o\u2019tkazish va huquqiy maslahat ko\u2019rsatish jarayonida klinika rahbari ishtirok etishi shart.<\/li>\n<\/ol>\n<p>O\u2019quvchilarni mustakil ravishda klinika rahbari ishtirokisiz jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishga yul qo\u2019yilmaydi.<\/p>\n<ol start=\"28\">\n<li>Murojaat qiluvchi shaxs bilan o\u2019tkaziladigan birinchi qabul jarayonida o\u2019quvchi:<\/li>\n<\/ol>\n<p>murojaat qiluvchi shaxsga klinikada murojaatlarni ko\u2019rib chiqish tartibi va shartlari haqida mahlumot bergan holda uning yozma roziligini oladi;<\/p>\n<p>murojaat bo\u2019yicha ish materiallari bilan tanishib uning mazmunini aniqlaydi va unga huquqiy baho beradi;<\/p>\n<p>murojaat qiluvchi shaxs va uni murojaatining mazmunini ro\u2019yhatga oladi va tegishli hujjatlardan nusxalar oladi;<\/p>\n<p>huquqiy maslahat ko\u2019rsatish shaklini aniklaydi (ogzaki, yozma yoki boshqa);<\/p>\n<p>zarur hollarda keyingi suhbat vaqtini aniklaydi, agar murojaatning mazmuni yo\u2019l ko\u2019ysa, oldindan tayyorgarliksiz birinchi huquqiy yordam ko\u2019rsatadi.<\/p>\n<ol start=\"29\">\n<li>Quyidagi holatlarda huquqiy maslahat ko\u2019rsatish rad etiladi:<\/li>\n<\/ol>\n<p>avval klinikaga murojaat kilgan shaxsning aynan bir masala yuzasidan qilgan takroriy murojaatiga;<\/p>\n<p>murojaat kilgan shaxslar bilan texnikum yoki uning xodimlari, o\u2019quvchilar o\u2019rtasida manfaatlar to\u2019knashuvi yuz berishi mumkin bo\u2019lgan ishlar bo\u2019yicha qilingan murojaatga;<\/p>\n<p>huquqiy bo\u2019lmagan masalada qilingan murojaat (suhbatni yakunida murojaat qilgan shaxsga kimga murojaat qilish zarurligi tushuntirilgan holda)ga.<\/p>\n<ol start=\"30\">\n<li>Murojaatda ko\u2019tarilgan muammoning murakkabligi va unda aniqlashtirilishi lozim bo\u2019lgan holatlardan kelib chiqqan holda o\u2019quvchi klinika rahbari bilan kelishgan holda murojaat qiluvchi shaxs bilan ko\u2019shimcha suhbat o\u2019tkazishi mumkin.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Birinchi suhbatdan so\u2019ng murojaatda ko\u2019tarilgan huquqiy muammoning murakkabligidan kelib chiqib, klinika rahbari tomonidan o\u2019quvchiga murojaatda ko\u2019tarilgan masalani tahlil qilish va uni yechimini topish uchun 3-5 kun vaqt beriladi. Alohida xollarda klinika rahbari bilan kelishgan holda murojaatga javob tayyorlash uchun boshqa muddat o\u2019rnatilishi mumkin.<\/p>\n<p>Og\u2019zaki huquqiy maslahat berish, agar qo\u2019shimcha tayyorgarlikni talab qilsa, qo\u2019shimcha suhbat vaqtida amalga oshirilishi mumkin.<\/p>\n<p>Murojaat qiluvchi shaxsga huquqiy yordam ko\u2019rsatish huquqiy maslahat berish, dahvo arizasi, iltimosnoma, shikoyat va boshqa huquqiy xujjatlar loyihalarini tayyorlash, huquqiy muammoni yechish bo\u2019yicha yozma xulosa tayyorlashdan iborat shaklda amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>O\u2019quvchi tomonidan murojaat bo\u2019yicha tayyorgarliksiz huquqiy maslahat berishga yul qo\u2019yilmaydi. Murojaat qiluvchi shaxsga suhbat vaqtida beriladigan huquqiy maslahat tavsiyaviy xarakterga ega bo\u2019ladi. Bu hakida murojaat qiluvchi shaxs yozma ogohlantiriladi (2-ilova).<\/p>\n<p>O\u2019quvchi tomonidan barcha murojaatlarga javoblar faqat yozma shaklda tayyorlanishi lozim. Murojaat qiluvchi shaxsga yakuniy huquqiy maslahatberishga yoki yozma javob xatini jo\u2019natishga fakat tegishli pedagog xodim o\u2019quvchi tomonidan tayyorlangan javob xatini tekshirib, imzolab berganidan so\u2019nggina ruxsat beriladi.<\/p>\n<p>Klinikaga murojaat qiluvchi shaxsga yozma javob xati klinika rahbari nomidan klinikaning rasmiy blankida yuboriladi.<\/p>\n<p>Murojaatlarni ko\u2019rib chiqish tartibi va muddatlari qonun xujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.<\/p>\n<ol start=\"31\">\n<li>Yakuniy huquqiy maslahat berilganidan so\u2019ng murojaat qiluvchi shaxs o\u2019quvchi faoliyati haqida yozma fikr qoldirib ketishi mumkin.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Agar murojaat qiluvchi shaxs tomonidan o\u2019quvchi faoliyati bo\u2019yicha salbiy fikr qoldirilgan taqdirda klinika rahbari ushbu fikrnomani vujudga kelishiga sabab bo\u2019lgan holatlarni tahlil qiladi va kelgusida o\u2019quvchiga huquqiy murojaatlar bilan ishlashga ruxsat berish yoki bermaslik masalasini hal qiladi.<\/p>\n<p>Har semestr yakunida klinika rahbari tomonidan o\u2019quvchining huquqiy yordam ko\u2019rsatish faoliyati bo\u2019yicha 5-ilovaga muvofiq qayd varag\u2019i to\u2019ldiriladi.<\/p>\n<ol start=\"32\">\n<li>Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga oid hujjatlar klinikada ikki yil mobaynida saqlanadi. Muddati o\u2019tgan murojaatlarga oid hujjatlar belgilangan tartibda yo\u2019q qilinadi.<\/li>\n<\/ol>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><strong>7-bob. Klinika faoliyatida maxfiylik<\/strong><\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong>Klinika faoliyatida ishtirok etish vaqtida klinika rahbari, o\u2019quvchilar va pedagog xodimlarga murojaatlar bo\u2019yicha ma\u2019lum bo\u2019lgan barcha ma\u2019lumotlar maxfiy hisoblanadi.<\/p>\n<p>Murojaat qiluvchi shaxslardan tegishli hujjatlarning asl nusxalarini olish, murojaatga taallukli hujjatlarni klinika hududidan olib chikib ketish yoki ularga tegishli ma\u2019lumotlarni internet yoki ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish tag\u2019qiqlanadi.<\/p>\n<ol start=\"34\">\n<li>Murojaat qiluvchi shaxslar bilan olib boriladigan yozishmalar &#8211; faqat klinikaning rasmiy elektron \u2018ochta manzillari yoki ijtimoiy tarmoqlari orqali olib boriladi.<\/li>\n<li>Klinikaga murojaat qiluvchi shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va ma\u2019lumotlardan ularning roziligi (2-ilova) olinganidan so\u2019ng o\u2019quv jarayoni va ilmiy tadqiqot ishlarida foydalanishga ruxsat etiladi.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Klinikada murojaatga taalluqli hujjatlarning asl nusxalari saqlanmaydi.<\/p>\n<ol start=\"36\">\n<li>O\u2019quvchilar tomonidan murojaat qiluvchi shaxslar bilan suhbat o\u2019tkazish, muammoni aniqlash va ularga huquqiy maslahat berish jarayonini nazorat qilish, tahlil qilish hamda o\u2019quv jarayonida foydalanish maqsadida murojaat qiluvchi shaxsning roziligiga asosan u bilan bo\u2019lib o\u2019tadigan suhbat va huquqiy maslahat berish jarayoni audio yoki videoga qayd qilinishi mumkin.<\/li>\n<\/ol>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><strong>8-bob. Yakuniy qoida<\/strong><\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong>Klinikani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Farg\u2018ona viloyati yuridik texnikumining \u201cYuridik klinika\u201dsi loyihasi doirasida tashkil etilgan. Yuridik klinika jismoniy va yuridik shaxslarga beg\u2018araz yuridik maslahatlar ko\u2018rsatish bilan bog\u2018liq faoliyatni amalga oshiradi. Yuridik klinika faoliyati jamoatchilik qabulxonasi shaklida tashkil etilgan bo\u2018lib, bunda o\u2018quvchilar pedagog xodim (advokat) rahbarligida huquqiy masalalar yuzasidan fuqarolar qabulini amalga oshiradi va ularga kerakli [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/57"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=57"}],"version-history":[{"count":13,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/57\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9953,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/57\/revisions\/9953"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=57"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}