{"id":903,"date":"2020-12-09T11:10:14","date_gmt":"2020-12-09T06:10:14","guid":{"rendered":"http:\/\/fyut.uz\/?page_id=903"},"modified":"2020-12-23T11:54:22","modified_gmt":"2020-12-23T06:54:22","slug":"oqishni-kochirish-va-tiklash","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/fyut.uz\/?page_id=903","title":{"rendered":"O&#8217;qishni ko&#8217;chirish va tiklash"},"content":{"rendered":"<p><a href=\"https:\/\/www.lex.uz\/uz\/docs\/-4945840\">QAQORNING TO&#8217;LIQ MATNI<\/a><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>O\u2018ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING\u00a0<\/strong><strong>QARORI<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>\u00a0<\/strong><strong>O\u2018ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA UZLUKSIZ BOSHLANG\u2018ICH, O\u2018RTA VA O\u2018RTA MAXSUS PROFESSIONAL TA\u2019LIM TIZIMINI TARTIBGA SOLUVCHI NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI TASDIQLASH TO\u2018G\u2018RISIDA<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining \u201cProfessional ta\u2019lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo\u2018shimcha chora-tadbirlar to\u2018g\u2018risida\u201d 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son\u00a0<a href=\"https:\/\/www.lex.uz\/uz\/docs\/-4500926\">Farmoni<\/a>\u00a0ijrosini ta\u2019minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:<\/p>\n<ol>\n<li>Quyidagilar:<\/li>\n<\/ol>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang\u2018ich, o\u2018rta va o\u2018rta maxsus professional ta\u2019lim to\u2018g\u2018risidagi nizom 1-ilovaga\u00a0muvofiq;<\/p>\n<p>Boshlang\u2018ich professional ta\u2019lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kasb-hunar maktablarining namunaviy ustavi\u00a02-ilovaga\u00a0muvofiq;<\/p>\n<p>O\u2018rta professional ta\u2019lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kollejlarning namunaviy ustavi\u00a03-ilovaga\u00a0muvofiq;<\/p>\n<p>O\u2018rta maxsus professional ta\u2019lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan texnikumlarning namunaviy ustavi\u00a04-ilovaga\u00a0muvofiq tasdiqlansin.<\/p>\n<ol start=\"2\">\n<li>Tizimida o\u2018rta va o\u2018rta maxsus professional ta\u2019lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kollejlar va texnikumlar bo\u2018lgan vazirliklar, idoralar va xo\u2018jalik birlashmalari tasdiqlangan namunaviy ustav asosida ta\u2019lim muassasalarining ustavlarini ishlab chiqsinlar hamda ularning faoliyati yo\u2018lga qo\u2018yilishini ta\u2019minlasinlar.<\/li>\n<li>O\u2018zbekiston Respublikasi Hukumatining\u00a05-ilovagamuvofiq ayrim qarorlari o\u2018z kuchini yo\u2018qotgan deb hisoblansin.<\/li>\n<li>Vazirlar Mahkamasining \u201c2020-yil uchun O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini ta\u2019minlash va xarajatlarini maqbullashtirish bo\u2018yicha qo\u2018shimcha chora-tadbirlar to\u2018g\u2018risida\u201d 2020-yil 16-apreldagi 232-son\u00a0<a href=\"https:\/\/www.lex.uz\/uz\/docs\/-4789708\">qaroriga<\/a>muvofiq kasb-hunar maktablarida boshlang\u2018ich professional ta\u2019lim dasturlari asosida ta\u2019lim oladigan o\u2018quvchilarga O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida oylik stipendiya hamda uch mahal ovqat bilan ta\u2019minlash tartibi 2021\/2022 o\u2018quv yilidan joriy etilishi ma\u2019lumot uchun qabul qilinsin.<\/li>\n<li>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy va o\u2018rta maxsus ta\u2019lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o\u2018zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.<\/li>\n<li>Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo\u2018yicha o\u2018rinbosari B.A. Musayev hamda O\u2018zbekiston Respublikasi oliy va o\u2018rta maxsus ta\u2019lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.<\/li>\n<\/ol>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><strong>\u00a0<\/strong><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\">Toshkent sh.,<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\">2020-yil 7-avgust,<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\">466-son<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>4-bob. O\u2018quvchilar o\u2018qishini ko\u2018chirish, qayta tiklash va o\u2018qishdan chetlashtirish<\/strong><\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<ol start=\"46\">\n<li>O\u2018qishni ko\u2018chirish yoki qayta tiklash qoidaga ko\u2018ra, yozgi ta\u2019til davrida, tegishli kurs (semestr)da o\u2018quv mashg\u2018ulotlari boshlanishiga qadar amalga oshiriladi.<\/li>\n<li>O\u2018qishni ko\u2018chirish yoki qayta tiklash o\u2018quvchining (o\u2018quvchi voyaga yetmagan bo\u2018lsa uning ota-onasidan birining yoki ularning o\u2018rnini bosuvchi shaxslarning) arizasi va professional ta\u2019lim muassasasi tomonidan berilgan akademik ma\u2019lumotnoma, o\u2018quvchining kursdan kursga o\u2018tganligi to\u2018g\u2018risidagi buyruqdan ko\u2018chirma, o\u2018quvchi pasporti nusxasi, voyaga yetmagani sababli pasporti bo\u2018lmaganda tug\u2018ilganlik to\u2018g\u2018risidagi guvohnoma hamda ota-onasi (yoki ularning o\u2018rnini bosuvchi shaxslar)ning doimiy yashash joyi ko\u2018rsatilgan pasporti nusxasidan iborat hujjatlar yig\u2018ma jildi asosida ko\u2018rib chiqiladi.<\/li>\n<li>O\u2018quvchilarning o\u2018qishini ko\u2018chirish yoki qayta tiklashda professional ta\u2019lim muassasasi direktori tomonidan ta\u2019lim dasturlaridagi farqlarni yoki qarzlarni topshirish tartibi va muddatlari (ikki oydan ortiq bo\u2018lmagan), shuningdek, o\u2018quvchilarni o\u2018qitish kursi belgilanadi.<\/li>\n<li>Professional ta\u2019lim muassasasi miqyosida bir darajadagi ta\u2019lim dasturlari bo\u2018yicha o\u2018qishni ko\u2018chirish yoki ta\u2019lim shaklini o\u2018zgartirish masalasi mazkur professional ta\u2019lim muassasasi tomonidan ko\u2018rib chiqiladi.<\/li>\n<li>Boshlang\u2018ich professional ta\u2019lim dasturida ta\u2019lim olayotgan o\u2018quvchilar o\u2018qishini umumiy o\u2018rta ta\u2019limning 10 yoki 11 sinflarida yoki boshqa boshlang\u2018ich professional ta\u2019lim dasturlarida ta\u2019limni davom ettirishi uchun o\u2018qishini ko\u2018chirish bo\u2018yicha murojaat etishlari mumkin.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Umumta\u2019lim maktablarida o\u2018qishni davom ettirish istagidagi o\u2018quvchilarning arizalari tegishli Kasbiy ta\u2019limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan o\u2018quvchining umumta\u2019lim maktablarida o\u2018qishni davom ettirishini hal etish uchun O\u2018zbekiston Respublikasi Xalq ta\u2019limi vazirligining hududiy bo\u2018linmalariga yuboriladi.<\/p>\n<p>O\u2018qishni ko\u2018chirish hudud miqyosida tegishli Kasbiy ta\u2019limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi, bir mintaqadagi professional ta\u2019lim muassasasidan boshqa mintaqaning (Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) professional ta\u2019lim muassasasiga ko\u2018chirish Vazirlik tomonidan ko\u2018rib chiqiladi.<\/p>\n<ol start=\"51\">\n<li>Davlat granti asosida ta\u2019lim olayotgan o\u2018quvchilar o\u2018qishini ko\u2018chirish yoki qayta tiklashda ularga davlat granti asosida ta\u2019limni davom ettirish imkoniyati beriladi.<\/li>\n<li>O\u2018rta professional ta\u2019lim dasturlari doirasida o\u2018qishni boshqa ta\u2019lim muassasalariga ko\u2018chirish qabul qiluvchi ta\u2019lim muassasasi bo\u2018ysunuvchi tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.<\/li>\n<li>O\u2018rta maxsus professional ta\u2019lim dasturlari bo\u2018yicha o\u2018qishni ko\u2018chirish qabul qiluvchi ta\u2019lim muassasasi tegishli bo\u2018lgan oliy ta\u2019lim muassasasining xulosasiga ko\u2018ra tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.<\/li>\n<li>O\u2018rta va o\u2018rta maxsus professional ta\u2019lim dasturlari bo\u2018yicha o\u2018quvchilar o\u2018qishi bir ta\u2019lim shaklidan boshqa ta\u2019lim shakliga ko\u2018chirilishi mumkin.<\/li>\n<li>O\u2018qishni qayta tiklash o\u2018quvchi ta\u2019lim olgan tegishli professional ta\u2019lim muassasasi tomonidan ko\u2018rib chiqiladi va hal etiladi.<\/li>\n<\/ol>\n<p>O\u2018quvchi oldin o\u2018qigan kasb yoki mutaxassislik to\u2018xtatilgan bo\u2018lsa, uning xohishiga ko\u2018ra turdosh kasb yoki mutaxassislikka yoki mazkur ta\u2019lim muassasasida tegishli kasb yoki mutaxassislik bo\u2018lmasa, uning o\u2018qishi Kasbiy ta\u2019limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan boshqa ta\u2019lim muassasasiga tiklanishi mumkin.<\/p>\n<ol start=\"56\">\n<li>O\u2018quv kursini tamomlash yakunlari bo\u2018yicha o\u2018quvchini navbatdagi kursga o\u2018tkazish, takroriy yilga qoldirish yoki o\u2018quvchilar safidan chiqarish to\u2018g\u2018risida qaror qabul qilinadi.<\/li>\n<li>O\u2018quvchini kursdan-kursga o\u2018tkazish, kursda qoldirish yoki o\u2018quvchilar safidan chiqarish professional ta\u2019lim muassasasining buyrug\u2018i bilan amalga oshiriladi. Kursdan-kursga shartli ravishda o\u2018tkazishga yo\u2018l qo\u2018yilmaydi.<\/li>\n<li>Professional ta\u2019lim dasturlari bo\u2018yicha akademik qarzdorlikka (o\u2018zlashtirmaslikka) ega bo\u2018lgan yoki o\u2018quv rejasi talablarini bajarmagan (ishlab chiqarish yoki diplom oldi amaliyotidan o\u2018tmagan, kurs ishini topshirmagan, 3 va undan ortiq fan bo\u2018yicha \u201cqoniqarsiz\u201d yakuniy yillik baho olgan) o\u2018quvchilari Pedagogik kengashning qarori bo\u2018yicha tegishli ta\u2019lim dasturida takroran o\u2018qish uchun kursda qoldirilishi mumkin.<\/li>\n<\/ol>\n<p>O\u2018rta va o\u2018rta maxsus professional ta\u2019lim dasturlari asosida ta\u2019lim olayotgan o\u2018quvchilarga o\u2018zlashtirilmagan fanlarni qayta topshirishga qo\u2018shimcha to\u2018lovlarni amalga oshirish orqali ruxsat beriladi.<\/p>\n<p>O\u2018quvchi takroran o\u2018qish uchun kursda qoldirilganda uning o\u2018qigan o\u2018quv yili uchun to\u2018lagan kontrakt puli qaytarilmaydi va takroran o\u2018qiyotgan kursi uchun yangidan to\u2018lov amalga oshiriladi.<\/p>\n<ol start=\"59\">\n<li>Professional ta\u2019lim muassasasi o\u2018quvchilari quyidagi hollarda o\u2018qishdan chetlashtirilishi mumkin:<\/li>\n<\/ol>\n<ul>\n<li>salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma\u2019lumotnomasi asosida) akademik ta\u2019til olganda;<\/li>\n<li>o\u2018qishi boshqa ta\u2019lim muassasasiga ko\u2018chirilishi munosabati bilan;<\/li>\n<li>doimiy yashash uchun boshqa davlatga chiqib ketganda;<\/li>\n<li>sudning qarori bilan ozodlikdan mahrum etilganda;<\/li>\n<li>o\u2018rta yoki o\u2018rta maxsus professional ta\u2019lim dasturlarida ta\u2019lim olayotgan o\u2018quvchilar safidan o\u2018z xohishiga ko\u2018ra chiqarishni so\u2018rab ariza bilan murojaat qilganda;<\/li>\n<li>professional ta\u2019lim muassasasining ustavida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganda;<\/li>\n<li>vafot etganligi sababli;<\/li>\n<li>uzrsiz sabablarga ko\u2018ra 74 soatdan ortiq dars qoldirganda.<\/li>\n<\/ul>\n<ol start=\"60\">\n<li>O\u2018rta yoki o\u2018rta maxsus professional ta\u2019lim dasturlarida ta\u2019lim olayotgan o\u2018quvchilar quyidagi sabablarga ko\u2018ra o\u2018quvchilar safidan chetlashtirilganda professional ta\u2019lim muassasasi tomonidan uning o\u2018qigan muddati uchun haqiqatda sarflangan xarajatlar chegirilgan holda tegishli o\u2018quv yili yoki semestri uchun oldindan amalga oshirilgan to\u2018lovning qolgan qismi kontraktning tegishli tarafi yozma murojaatiga ko\u2018ra qaytarib beriladi:<\/li>\n<\/ol>\n<ul>\n<li>o\u2018z xohishiga binoan;<\/li>\n<li>o\u2018qishning boshqa ta\u2019lim muassasasiga ko\u2018chirilishi munosabati bilan;<\/li>\n<li>salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma\u2019lumotnomasi asosida);<\/li>\n<li>o\u2018quvchi sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;<\/li>\n<li>vafot etganligi sababli.<\/li>\n<\/ul>\n<ol start=\"61\">\n<li>Professional ta\u2019lim muassasalari o\u2018quvchilariga akademik ta\u2019til berish tartibi Vazirlik tomonidan O\u2018zbekiston Respublikasi Sog\u2018liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Professional ta\u2019lim muassasasi tashabbusi bilan o\u2018quvchilarni kasallik, ta\u2019til, akademik ta\u2019til yoki tug\u2018ruq ta\u2019tillari paytida ta\u2019lim muassasasi o\u2018quvchilari safidan chiqarib yuborishga yo\u2018l qo\u2018yilmaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>QAQORNING TO&#8217;LIQ MATNI O\u2018ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING\u00a0QARORI \u00a0O\u2018ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA UZLUKSIZ BOSHLANG\u2018ICH, O\u2018RTA VA O\u2018RTA MAXSUS PROFESSIONAL TA\u2019LIM TIZIMINI TARTIBGA SOLUVCHI NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI TASDIQLASH TO\u2018G\u2018RISIDA O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining \u201cProfessional ta\u2019lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo\u2018shimcha chora-tadbirlar to\u2018g\u2018risida\u201d 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son\u00a0Farmoni\u00a0ijrosini ta\u2019minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Quyidagilar: O\u2018zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang\u2018ich, o\u2018rta va o\u2018rta maxsus professional [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/903"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=903"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/903\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1068,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/903\/revisions\/1068"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=903"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}